Tuxel: "Endi menga MYU bilan o'yin uchun S rejasi kerak"
10 fev 2019 12:43
Yangiliklar


Tuxel: "Endi menga MYU bilan o'yin uchun S rejasi kerak"
Kecha PSJ hujumchisi Edinson Kavani oyog'idan jarohat oldi.
Parijliklar bosh murabbiyi bu borada o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Neymar va Verrattisiz B rejam bor edi. Balki Kavani o'yinni o'tkazib yuborishi mumkindir, ammo bu yomon holat emas. Endi menga S rejasi kerak.
Har bir futbolchi haqida alohida qayg'urishga vaqt qolmadi. Biz "Manchester Yunayted"ni o'rganishimiz va taxlil qilishimiz darkor.
"Manchester Yunayted"mi, "Liverpul"mi yoki "Belgrad" bo'lsa ham har bir jamoaga muhim, kalit futbolchilar kerak. Ularda sifat, tezkorlik, to'p bilan muomala yaxshi bo'lishi, asosiysi murabbiyning falsafasiga mos bo'lishi lozim.
Rahbariyat bilan gaplashib ko'raman. Biroq futbolchilarni xavf ostiga qo'ymaslik kerak. Edinson va Marko Parijda qolishi mumkin", - dedi Tuxel.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar