Tuxel "CHelsi"ning yangi o'yinchisi Saulning holati haqida gapirdi
04 okt 2021 18:47
Yangiliklar
Tuxel "CHelsi"ning yangi o'yinchisi Saulning holati haqida gapirdi
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel kam maydonga tushayotgan yarim himoyachi Saul Nigesning vaziyati haqida gapirdi.
U London klubiga o'tganidan so'ng APL doirasidagi faqatgina bitta o'yinda maydonga tushdi.
"U asosiy tarkibga kirishga yaqin. Bizni bosim o'tkazadigan raqib bilan o'yin kutayotgan edi va uni chiqarmaslikka qaror qildim. Saulga aytishim mumkin edi: "Yaxshi, isbotla, yaxshiroq moslasha olasanmi?". Ammo men bunga shubha qildim. U bu haqda qayg'urishi kerak emas. Men asosiyda sakkiz o'yinchiga ishonch bildira olmayman, haqiqat shu. Bundan chiqib ketib bo'lmaydi", - deydi Tuxel.
26 yoshli xavbek "CHelsi"ga "Atletiko"dan 2021 yilning 1 sentyabrida o'tgan edi. Futbolchi xarid qilish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olingan.
Fikrlar