Tuxel "CHelsi"ning tarkibini baholadi
29 jan 2021 17:38
Yangiliklar


Tuxel "CHelsi"ning tarkibini baholadi
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "aristokratlar"ning hozirgi tarkibini baholadi.
"Men hali jamoa tarkibida qandaydir muammoni ko'rmadim. Meni "CHelsi"da yig'ilgan o'yinchilar qoniqtiradi. Mening ixtiyorimda 22ta maydon o'yinchisi va bir necha darvozabonlar bor", - deydi nemis mutaxassisi.
Eslatib o'tamiz, Tuxel bir necha kun oldin "CHelsi"ga bosh murabbiy bo'ldi. U istefoga chiqarilgan Frenk Lempardning o'rnini egalladi.
London klubi APLda 20 turdan so'ng 30 ochko jamg'argan holda, jadvalning 8-o'rnida bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar