Tuxel Bundesliga klubini boshqarishdan bosh tortdi
05 okt 2022 12:24
Yangiliklar


Tuxel Bundesliga klubini boshqarishdan bosh tortdi
Germaniyalik murabbiy Tomas Tuxel Leverkuzenning "Bayer" klubini boshqarishni istamadi.
Manbaning yozishicha, Germaniya klubi mutaxassisga taklif bilan chiqqan, biroq uni bu variant qiziqtirmagan. "Bayer" 8 turdan keyin amaldagi bosh murabbiy Jerardo Seoane boshchiligida Bundesligada bor-yo'g'i 17-o'rinni egallab turibdi.
49 yoshli Tuxel sentyabr oyida "CHelsi"dan ishdan bo'shatilganidan buyon ishsiz edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar