Tuxel: "Bu 180 daqiqalik o'yinning tanaffusi"
13 fev 2019 10:29
Yangiliklar


Tuxel: "Bu 180 daqiqalik o'yinning tanaffusi"
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv (2:0) haqida fikr bildirdi.
"Ajoyib o'yin o'tkazdik deb o'ylayman. Bor etiborni o'yinga qaratib, muvozanatni saqlab, ehtiyotkorlik bilan harakat qildik.
O'yin tuzilmamiz tufayli o'yinni nazorat qila oldik. Birinchi bo'limda bir necha marta to'pni yo'qotdik, ammo tanaffusdan so'ng xatolarni to'g'irladik. Bu 180 daqiqalik o'yinning tanaffusi.
Di Mariya ikkinchi bo'limda ishonchli harakat qilganidan xursandman, chunki tanaffusgacha u qarshimda to'pni ko'p yo'qotdi. Ikkinchi golda u Mbappega ideal pas berdi" - deydi Tuxel.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar