Tuxel: "Allaqachon Kurzava va De SHilo almashinuviga rozilik berdim"
26 jan 2020 12:40
Yangiliklar
Tuxel: "Allaqachon Kurzava va De SHilo almashinuviga rozilik berdim"
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Parij klubi "Yuventus" bilan futbolchi almashtirish bo'yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi. Jamoalar o'zaro kelishib olishsa, Leyvin Kurzava "Yuve"ga keladi, Mattia De SHilo qarama-qarshi yo'nalishda Franciyaga yo'l oladi.
"Men allaqachon bu almashinuvga rozilik bergandim. Ammo klublar hamon kelishib olishgani yo'q. Bu savol ochiqligicha qolmoqda. SHu boisdan Kurzava "Lill" bilan o'yin qaydnomasiga kiritilmaydi", — dedi germaniyalik mutaxassis.
Joriy mavsum 27 yoshli De SHilo "keksa sinora" safida to'qqiz o'yin o'tkazdi (futbolchi hozir jarohatlangan). Uning tengdoshi Kurzava esa PSJ uchun 14 bahsda maydonga tushgan.
Fikrlar