"Monca" "Arsenal" futbolchisining transferi borasida kelishuvga erishdi

Alisher
10 avg 2022, 14:33
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Pablo Mari tez orada "Monca"ga yo'l oladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Pabloning A Seriya debyutanti safiga o'tishi hal bo'lib ulgurgan.

U ijara asosida klubga o'tadi, ammo "Monca"da mavsum so'nggi yuqori divizionda qolsa, futbolchini xarid qilish majburiyati bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Mari o'tgan mavsumni "Udineze"da ijarada o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano