So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

"Turon"ning to'p "mashina"si to'xtamayapti Yangiliklar

"Turon"ning to'p "mashina"si to'xtamayapti

Uni yana topdik.

Gap Humoyun Murtazoev haqida ketmoqda. Ochig'i uni so'nggi yillarda yo'qotib qo'ygandik. Hattoki maydonda bor yoki yo'qligi ham bilinmayotgandi. "Mashal" jamoasidagi o'yinlari bilan tanilgan hujumchi o'tgan mavsumning ikkinchi davrasida "Turon"ga o'tdi. Biroq yaypanliklar tarkibidagi dastlabki urinishi ko'ngildagidek chiqqani yo'q. 13ta uchrashuvda 1ta gol. Buni albatta zo'r natija, deb bo'lmaydi. Ayrim hollarda uning o'z poziciyasida o'ynamaganini ham takidlash joiz. 

Joriy yildagi natijasi esa shunchaki ajoyib: 14ta o'yinda 12ta gol + O'zbekiston kubogida 3ta o'yin, 3ta gol, umumiy hisobda 15ta. Ketma-ket to'rtta o'yindan beri maydonni golsiz tark etayotgani yo'q. Mavsum startini ajoyib boshlagan Murtozaev 2-6 tur oralig'ida ketma-ket 5ta uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol qilgandi. 


Bu mavsum forvardning faoliyatidagi "Nasaf"dan keyingi eng sermahsul mavsum bo'lib turibdi. 2019 yil ijara asosida "ajdarlar" tarkibida to'p tepgan hujumchi o'sha mavsumda 26 uchrashuvda 14 bor darvozalarga yo'l topa olgan. Qarshi klubidagi golli seriyasi 5ta uchrashuvni tashkil qiladi. 


2020 yilning birinchi davrasini "Bunyodkor"da o'tkazgan futbolchining poytaxt klubida unchalik omadi kelmadi. 7ta o'yin 1ta gol. 



Ikkinchi davrada u "Mashal"ga qaytdi va qaysidir manoda bu qaytish muvaffaqiyatli chiqdi, 13ta o'yin 5ta gol.  



O'tgan mavsumning birinchi davrasida "gazchilar" safida 11ta o'yinda qatnashdi va 2ta gol urdi. Oldinda hali yana uchrashuvlar bor. Demak unda faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etish imkoniyati mavjud. "Turon" futbolchisi shu kunga qadar umumiy faoliyati davomida gol urish borasida 50talik dovondan o'tdi. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика