So’nggi yangiliklar

20:45"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  0 20:28"Истанбул Башакшеҳир" - "Викинг". Элдор Шомуродов асосий таркибда  5 20:00Суперлига. "Сурхон" – "Бунёдкор" 2:0 (матнли трансляция)  4 19:20Про лига. "Олимпик" ўз уйида "Локомотив"га ютқазди, Анзур Исмоилов гол урди  1 19:00Суперлига. "Бухоро" - "Хоразм" 0:1 (матнли трансляция)  5 18:58"Қўқон-1912" ҳужумчиси роппа-роса 1 йилдан сўнг гол урди  4 17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  3 16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  2 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 16:25Суперкубок. ПСЖ - "Тоттенхэм" ўйини олдидан превью  1 16:10"Майдон атрофидаги муҳит ўйиндан ҳам қайноқроқ эди. Лушчанга тан бериш керак" — Санжар Асқаралиев водий дербиси ҳақида гапирди  5 15:50АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади  1 15:30"Хоразм" тарихий натижа остонасида  0 15:15"Қалдирғочлар"нинг меҳмондаги парвози давом этадими?  0 14:45⚡️Bild: Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифини рад этди  54

"Turon"ning noqulay raqibi, ishonch orqali qo'lga kiritilgan natija va jamoa muxlislari haqida - Sardor Abduraimov bilan suhbat Yangiliklar

"Turon"ning noqulay raqibi, ishonch orqali qo'lga kiritilgan natija va jamoa muxlislari haqida - Sardor Abduraimov bilan suhbat

Yaypanning "Turon" klubi ortda qolgan mavsumda Toshkentning "Lokomotiv" klubini o'tish o'yinida mag'lubiyatga uchratib, Superliga yo'llanmasiga ega chiqdi.

Biz jamoa sardori Sardor Abduraimovning mavsum yakunlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.



- Sardor, dastlab ortda qolgan mavsum taasurotlari bilan o'rtoqlashsangiz...

- Haqiqatan ham Pro liganing ushbu mavsumi biz uchun og'ir o'tdi. Qaerdadir omadimiz keldi, bazida esa omad yaqqol yuz o'girgan vaqtlar ham bo'ldi. Omadsiz tomonlaridan biri sifatida aytish mumkin, biz yil boshida Pro liga g'olibligini maqsad qilgandik, ammo bu amalga oshmadi. Omadli tomoni esa eng oxirgi imkoniyatdan foydalanib bo'lsa ham biz yana Superligaga qaytdik.

- Jamoada kayfiyat mavsum davomida turlicha o'zgarib bordi. Startni yaxshi boshlagan "Turon" keyinchalik bir nechta o'yinlarda ochko yo'qotdi va peshqadamlikni boy berdi. Sizningcha, mazkur xolatlar nima sababdan yuzaga keldi?

- Biz kutilganidek, mavsum startini yaxshi boshladik. Dastlabki tur o'yinlarida tajriba va ishtiyoq evaziga g'alabalarni qo'lga kiritdik. Ammo futbolchilar ham hamma qatori inson, ularga ham jamoaga atrofdan keladigan gaplar o'z tasirini o'tkazmasdan qolmaydi. Bazi o'yinlarda qiyinchilik bilan bo'lsa ham g'alabaga erishdik, ammo atrofdagilar biz ko'rsatayotgan futbol bo'yicha turlicha tanqidlarni bildirishdi. Albatta, bu o'z-o'zidan natijalarga ham tasirini ko'rsatdi. Aslida g'alaba muhokama qilinmasligi kerak. Futbolda muvaffaqtyatga erishish uchun bazida natija uchun ham o'ynash lozim bo'ladi. Har doim yutavermaysiz, mag'lubiyat ham futbolning ajralmas qismi. CHiroyli o'ynab mag'lub bo'lgandan ko'ra natija uchun o'ynab g'alabaga erishgan yaxshiroq deb hisoblayman. CHiroyli o'yindagi g'alaba uchun ham 3 ochko beriladi, 4 yoki 5 emas.



- Jamoada qaysi futbolchilar bilan do'stsiz? Kim bilan ko'proq muloqot qilasiz?

- Barcha jamoadoshlarim bilan bir oiladekmiz. "Turon"da o'zaro ahillik, do'stona munosabatlar yaxshi shakllangan. Eng yaqin do'stim albatta Xumoyun Murtozaev.

- Aynan Humoyun Murtozaevning o'yinlarida mavsumning so'nggi qismida pasayish kuzatildi. Siz Xumoyunni qolganlardan ko'proq yaxshi bilasiz, ko'p jamoalarda birga o'ynagansiz. Uning o'yinidagi pasayish sizga ham sezildimi?

- To'g'ri, mavsumning ikkinchi qismida Humoyun Murtozaevning o'yinlarida pasayish yuzaga keldi. Buni uning o'zi bilan ham alohida muhokama qilganmiz. Aslida Murtozaevga bosim tasir qildi. Aslida Humoyun to'purarlar poygasida Ro'zimboy Ahmedov bilan yaxshi intgriga qilayotgandi. Jamoamiz o'yinidagi pasayishlar unga ham o'z tasirini o'tkazdi. SHuningdek, Humoyun gol ura olmagan o'yinlarda bizning ham aybimiz bor. Hujumchiga gol urish uchun etarlicha vaziyat yaratib berish zarur bo'ladi. Ammo bazi o'yinlarda biz uni to'p bilan taminlay olmadik.

- Jamoa sardori sifatida muxlislar bilan qay darajada yaqinsiz? Umuman, jamoa muxlislari haqida fikringiz qanday?

- Muxlislar bilan munosabatimiz alo darajada. Ular jamoamizdagi pasayish vaqtida ham ishonch bilan qo'llab-quvvatlashdi va bu bizga qo'shimcha motivaciya bo'lib xizmat qildi. Bilasizmi, biz butun mavsum davomida har qanday masofada va har qanday ob-havoda muxlislarimizning olqishlari eshitilib turgan maydonda o'ynadik. Superligaga qayta olganimizda jamoamiz muxlislarining o'rni katta, albatta ulardan hamisha minnatdormiz.



- So'nggi turlarga kelib jamoada Superligaga chiqish imkoniyati pasayib ketgandi. Oxirgi o'yinlardagi iroda "Turon"ni Superligaga olib chiqdi. Ayting-chi, mavsumning so'nggi qismida jamoa o'zida qanday kuch topa oldi?

- Aytib o'tganimdek, bizga ishonch kuch berdi. Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, muxlislar, umuman, barchaning birdek bizga bo'lgan ishonchini his qildik. Bir oila kabi birlashdik, qiyin o'yinlarda ahillik bilan harakat qildik va oldimizdagi vazifani uddaladik. 

- Joriy mavsumda "Turon" uchun eng noqulay raqib qaysi jamoa bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Nazarimda, "Xorazm" biz uchun noqulay raqib bo'ldi. Aynan bu jamoaga qarshi o'yinlarda o'z darajamizda o'ynay olmadik. 

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика