"Turon"dan taklif tushgach ko'p o'ylab o'tirmadim". Firdavs CHakalov yangi jamoasi haqida nimalar dedi? Yangiliklar

"Turon"dan taklif tushgach ko'p o'ylab o'tirmadim". Firdavs CHakalov yangi jamoasi haqida nimalar dedi?

Yaypanning "Turon" jamoasi yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirish ishlarini olib bormoqda.

Klub yaqinda tojikistonlik himoyachi, "Xo'jand" futbolchisi Firdavs CHakalov bilan shartnoma imzoladi.

Malumot o'rnida takidlash joiz o'ng qanot himoyasida harakat qiladigan futbolchi bu mavsum Tojikiston chempionatida 11ta uchrashuvda 1ta gol urgan hamda jamoadoshining 1ta goliga assistentlik qilgan. Joriy yilgi OFK kubogida esa 3ta bahsda ishtirok etdi. Legioner sifatida esa 2018 yilgi mavsumda Maldiv chempionati ishtirokchisi "Viktoriya SK" klubida to'p tepgan. 

Kuni kecha "Turon"ning yangi azosini suhbatga chorladik va bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- Firdavs, "Turon" jamoasi safiga kelib qo'shilishingiz qay tariqa yuz berdi?

- Ikki hafta oldin agentim Kova Tilavpur bir qator klublar menga qiziqish bildirayotganini aytib o'tdi. Yakunda "Turon" variantida to'xtaldik. O'ylaymanki, qabul qilgan qarorimiz noto'g'ri bo'lmaydi. Yangi jamoamda bor kuchim bilan o'ynab, muxlislar mehrini qozonishga harakat qilaman. 

- Taklif aynan kim tomonidan bo'ldi? Murabbiy yoki rahbariyat...

- Rahbariyat bosh murabbiy bilan birgalikda o'yinlarimni ko'rib, tahlil qilib chiqishgan ekan. SHundan so'ng agentim bilan aloqaga chiqishgan. 

- Bir nechta jamoalardan qiziqish bo'lganini aytib o'tdingiz. Nima uchun aynan "Turon"da to'xtaldingiz? Klub sizni nimasi bilan etiboringizni torta oldi?

- Klub haqida kerakli malumotlarga ega bo'lganimdan so'ng "Turon"ga o'tishga qaror qildim. Yaratilgan sharoitlar, maqsadlar va vazifalar jamoaning kelajagi borligiga ishora qilmoqda. SHu bois taklif kelib tushgach ko'p ham o'ylab o'tirganim yo'q. Boz ustiga jamoa tashkil etilganiga ko'p bo'lmagan. Superligada debyutini o'tkazmoqda. SHu bois ular yuqori o'rinlar uchun yaxshi tarkib yig'ishga harakat qilishmoqda. Meni bu xursand qildi. Klubda oldinga intilish bor. 

- "Turon"da sizdan oldin Umarjon SHaripov to'p tepdi. Undan kerakli tavsiyalarni oldingizmi?

- To'g'risini aytsam u bilan hali bog'langanim yo'q. 

- O'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ydingiz? Murabbiy bilan gaplashib oldingizmi?

- O'zimning eng yaxshi qirralarimni va iqtidorimni ko'rsatmoqchiman. Murabbiy bilan mendan nimani istayotganini gaplashib oldik. Jamoaga foydam tegishi uchun ikki hissa kuch bilan harakat qilishga tayyorman. SHuningdek klubning maqsadiga etishishi uchun yordam berishni istayman.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика