So’nggi yangiliklar

16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  1 15:38Роналду – энг яхши!  9 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  10 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  28 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  4 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  4

"Turon" - mehribon! Yangiliklar

"Turon" - mehribon!

Teglar :  Superliga"Turon"
Pro liganing amaldagi g'olibi Superligada ochko ulashishda davom etyapti.

Jamoa bugun Navoiydan quruq qo'l bilan ortga qaytdi. Bu "Turon" uchun qatorasiga 6-mag'lubiyat. Bunga qadar "Lokomotiv", "Nasaf", AGMK, "Navbahor" va "Paxtakor"ga ham imkoniyat boy berilgandi. 

Nomi keltirilgan klublarning barchasi Yaypan jamoasidan haybatliroq ko'rinishi mumkin. Lekin shular bilan har kuni olishmasang, o'zingni isbotlamasang, "qari qashqirlarning ichiga tushib qolgan toychoq"dan farqing qolmaydi. 

Aytishingiz mumkin, kurashyapti-ku, deb. Yo'q, "Turon" juda ham istayapti, lekin ochiqchasiga kurashish uchun kuchi etmayapti. Aks holda, qatorasiga 7 turdan beri yutolmayotgan "Qizilqum"ning g'alabasiz seriyasini 8 taga etkazib qo'yardi. 

19-turda "Andijon"ga, 21-turda "Qo'qon-1912" yutqazgan "Paxtakor" bilan 20-turda to'qnash kelganida vodiy klublarining estafetasini buzib qo'ymas edi.

4 ta turda (17, 18, 20, 21) atigi 3 ochko jamg'arishni uddalagan "Navbahor"ga 1 o'yinda 3 ochko bermasdi (19-tur).

Oxirgi 5 o'yinida 4 ochko jamg'argan AGMK futbolchilariga "Turon" ham engilmasdi (18-tur).

O'zigacha bo'lgan 4 turda atigi 1 ochko yig'a olgan "Nasaf"ga 1 o'yinda 3 ochko bermasdi (17-tur).

So'nggi 6 o'yinida faqat 5 ochko yig'gan "Lokomotiv"dan hech bo'lmasa, 1 ochko olardi (16-tur).

Guvohi bo'lganingizdek, "Turon" juda mehribon jamoa. Mavsumdagi eng yomon davrini o'tkazayotgan "Paxtakor", "Qizilqum", "Nasaf", "Lokomotiv", AGMK va "Navbahor"dan qatorasiga 6 o'yinda bitta ham ochko olmaydigan darajada mehribon va saxiy. Ko'p ehtimol bilan, bunday jamoaga Superliganing kelgusi mavsumida joy topilmasligi mumkin. Bu borada sizning fikringiz qanday? "Turon" chempionatning oxirgi turiga qadar so'nggi o'rindan yuqorilab, elitada jon saqlab qoladimi? → TURNIR JADVALI

Superliga. "Bunyodkor", "Mashal" va "Andijon"ning g'alabasiz seriyasi davom etadi 

Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика