"Turon" mavsum yakunlariga bag'ishlangan taqdirlash marosimini o'tkazdi. Unda klubning yangi logotipi namoyish etildi
13 dek 2020 13:04
Yangiliklar


"Turon" mavsum yakunlariga bag'ishlangan taqdirlash marosimini o'tkazdi. Unda klubning yangi logotipi namoyish etildi
Xabaringiz bor, O'zbekiston tumanining "Turon" jamoasi 2020-yilgi PRO-Liga musobaqalarida g'oliblikka Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
SHu munosabat bilan bugun Yaypan shaharchasidagi "O'zbekiston" o'yingohida klub vakillarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Mazkur marosimda O'zbekiston tumani hokimi Qahramonjon Djo'raev ishtirok etib klub vakillarini chempionlik bilan qizg'in qutladi. SHuningdek, marosimda tuman hokimligi, tuman IIB hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashdilar.
Ko'plab muxlislar qarshisida o'tgan taqdirlash marosimi ko'tarinki kayfiyatda tashkil etildi."Turon" futbol klubi taqdirlash marosimida ishtirok etgan barcha mutasaddilarga, xususan O'zbekiston tumani hokimi Qahramonjon Djo'raevga samimiy minnatdorchilik bildiradi.
Tadbir davomida "Turon" klubining yangi logotipi namoyish etildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar