So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

"Turon" loyihasi davom etadimi? (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

"Turon" loyihasi davom etadimi? (Bekzod Tolibov blogi)

Uzun xabarlarni o'qishni yoqtirmaydiganlar uchun boshidanoq aytib qo'yaman, ha, davom etadi. "Turon" uzoq muddatga mo'ljallangan loyiha.

Hozirda ko'pchilikda shu savol paydo bo'la boshladi, "Turon"ning keyingi taqdiri nima bo'ladi? Klub xususiy hisoblanardi, endilikda Superligadan tushib ketsa, tasischilar jamoani tugatib qo'yishmaydimi?  Yo'q, tugatib qo'yishmaydi. Agar Superligadan tushib ketishi bilan "Turon" tugatilib yuborilganida, boshidanoq tashkil etilmagan bo'lardi. Bu boradagi savollar sizni qiynayotgan bo'lsa, xotirjam bo'lavering, "Turon" loyihasi uzoq muddat davom etadi. 

Superligadan tushib ketish – bu fojia emas. Dunyo futboli amaliyotida qanchadan-qancha klublar quyi ligaga tushib ketadi. Oradan malum muddat o'tganidan so'ng yanada kuchliroq bo'lib qaytadi. Masalan, Turinning "Yuventus" klubi ham bir mavsumni quyi ligada o'tkazib qaytganidan xabaringiz bor, to'g'rimi? Mayli uzoqqa bormaylik, Toshkentning "Lokomotiv" klubi ham o'z vaqtida quyi ligaga tushib ketgandi. Jamoa rahbariyati klubni tugatib yubormadi, aksincha, yangicha ishtiyoq bilan qaytgan "temiryo'lchilar" ushbu qaytish asnosida mamlakat chempionligini ham tantana qilib ulgurishdi. Qaysidir jamoaning quyi ligaga tushib ketishi futbolning ajralmas bir qismi, qaysidir manoda shunisi bilan ham qiziq, aslida. CHunki bu hayotda hamma narsa ideal bo'laversa, zerikib ham qoladi kishi.

"Turon" licenziyalash talablarini birinchilardan bo'lib bajardi. O'zPFL tomonidan elon qilingan xabarga ko'ra, yaypanliklar ayni vaqtda ham OFK, ham milliy licenziyalash talablarini bajargan klublar qatorida turibdi. Klub stadioniga borgansiz, balki suratlarini ko'rgansiz yoki teleekranlarda jamoaning o'yinlarini tomosha qilgansiz, maydon xolati chindan ham havas qilarli darajada.

Avvalroq, Yaypanning "Turon" klubi 2017 yil 5 may sanasida tashkil topganini aytib o'tgandim. Jamoa Farg'ona viloyati 2-ligasida o'z ishtirokini boshlaganida maqsad kun kelib Superligada ishtirok etish uchun qo'yilgandi. Klub mutasaddilari bu haqda OAV vakillariga malumot berganida, ko'pchilik bunga ishonmagandi, hatto kulishgacha borganlar ham yo'q emasdi. Maqsad qo'yildi, uning uchun harakat qilindi va vaqti kelib bunga erishildi. Jamoa Superligada o'ynadimi? O'ynadi, siz va biz ko'rdik, guvohi bo'ldik. Endilikda klubning yangi maqsadini sizga elon qilaymi? Eshitib, balki ustimdan kularsiz ham. Lekin maqsad qo'yilsa va bunga astoydil harakat qilinsa, albatta, erishiladi, amalga oshirish o'z qo'lingizda. 

"Turon"ning yangi maqsadi – klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqish. Hayratlanarli maqsad, to'g'rimi? Lekin jamoa bunga erishish yo'lida intilsa, harakat qilsa, har qanday bosqichlardan o'ta oladi. 2017 yilda tashkil etilgan klub sport tamoyillariga asoslangan xolda dastlab 2-liga, keyingi mavsumda V Pro-liga va o'tgan mavsumda Pro-ligada g'oliblikni qo'lga kiritib, Superligaga chiqdi. Yani, jamoa tashkil etilganida qo'yilgan maqsad yo'lida harakat qildi va yakunda bunga erishdi. Endi klublar o'rtasidagi jahon chempionatini yutmoqchi ekan, nega buning iloji bo'lmasligi kerak?

"Turon" yaqin kunlarda Osiyoning nomdor klublaridan biri bilan xamkorlik borasida shartnoma imzolashga yaqin turibdi. SHuningdek, klub o'zining Evropa standartlari asosida bunyod etilgan zamonaviy bazasini foydalanishga topshiradi. Akademiya barpo etish bo'yicha ham rejalangan ishlar birin-ketin amalga oshirib kelinmoqda, tez orada bu boradagi yangi xabarlar ham sizni kutmoqda. Xullas, "Turon" haqida hali ko'p eshitasiz va loyiha uzoq muddat davom etadi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика