Turning eng yaxshi matbuot xizmati - "Lokomotiv"
09 apr 2018 21:50
Yangiliklar


Turning eng yaxshi matbuot xizmati - "Lokomotiv"
Superliganing 5-turi eng yaxshilarini aniqlashda davom etamiz.
Championat.asia talqiniga ko'ra 5-turda "Lokomotiv" matbuot xizmati eng yaxshi deb topildi. Hamkasblarimiz "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvini yoritishda sifat, tezkorlik va kreativlikka qo'l urishdi. O'yinoldi posterlar, intervyular, boshlang'ich tarkib taqdim etildi. Stadionga kelgan jurnalistlarga rangli kitobcha shaklidagi o'yin dasturi taqdim etildi. Uchrashuv vaqtida klubning telegram kanalida onlayn ravishda rasmlar ham berib borildi.
Quyida "Lokomotiv" matbuot xizmati tomonidan 5-tur uchun tayyorlagan ijod namunalarini taqdim etamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar