So’nggi yangiliklar

12:00Суперлига 17-турига расмийлар тайинланди: "Насаф" – "Андижон" ўйинида Нажафалиев, "Сўғдиёна" – "Пахтакор" баҳсида Норсафаров ишлайди  0 11:31Хитойнинг Shineray SWM бренди "Пахтакор"нинг "олтин" ҳомийсига айланди  3 11:12МЮ 50 миллион евролик трансферни амалга оширмоқчи  1 11:01"Футбол ва Спорт бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Жамолиддинов Муҳаммадали  1 10:40Роналду ва унинг севгилиси ўртасида келишув бор. Ажрим юлдузга жуда қимматга тушиши мумкин  5 10:11"Барселона" ва МЮ ўзаро футболчи алмашиши мумкин  4 10:04"Локомотив" — "Қизилқум" ўйини 25 август куни бўлиб ўтади. ПФЛ мавжуд ҳолат учун футбол жамоатчилигидан узр сўрайди  2 09:39Европанинг яна бир номдор клуби молиявий сабабларга кўра қаттиқ санкцияларга учраши мумкин  4 09:10"Сурхон" "Пахтакор"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 08:44"Манчестер Сити" Альвареснинг ўрнига осиёлик ҳужумчи билан шартнома тузмоқчи  2 08:17Шунчаки дахшат! "Реал Мадрид" рекорд сумма тўлаб 12 ёшли футболчини сотиб олди  4 07:54"Сурхон" 30 йиллик нохуш анаънага чек қўйди  6 07:22Бугун Суперлиганинг 17-турига старт берилади  3 02:00Конференциялар лигаси саралаши. Ҳусанов захирадан тушган ўйинда "Ланс"дан ғалаба, де Хеадан "омадсиз камбэк"  1 01:27Рафаэль Бенитес ўзи мураббийлик қилган энг яхши футболчи кимлигини айтди  7

Turkmaniston - O'zbekiston uchrashuvi oldidan SHahboz Beg'amov tahlili Yangiliklar

Turkmaniston - O'zbekiston uchrashuvi oldidan SHahboz Beg'amov tahlili

Biroz avval hamkasbim Jasur Aslanov o'z maqolasida raqibimiz Turkmaniston terma jamoasining o'yini, kuchli va kuchsiz taraflarini sanab o'tdi.

Jasur Aslanov yozgan maqolada, Turkmaniston terma jamoasining ko'proq Yaponiya bilan bo'lgan uchrashuviga etibor qaratilgan. Urilgan va o'tkazib yuborilgan gollari tahlil qilingan. Men ham o'sha uchrashuvga tayanib bazi malumotlarni taqdim etishga urinib ko'raman.

Avvalo shuni aytish kerakki, Turkmaniston termasi mazkur musobaqada 5-4-1 taktik sxemasini qo'llamoqda. Yazguli Xojageldiev bir vaqtning o'zida nafaqat terma jamoa rulida, balki Turkmanistonning grand jamoasi sanalgan "Oltin Asr"ni boshqaradi. Tabiiyki terma jamoaning asosiy o'zagi mazkur klub vakillaridan tashkil topgan. Qo'shnilarimizning 11 nafar futbolchisi Yazguli Xojageldiev boshqaradigan klubga tegishli. Mamlakatning ikkinchi raqamli jamoasi "Ahal"dan esa nafar futbolchi jalb etilgan. Ularning faqatgina bittasi asosiy tarkib azosi sanaladi. Yaponiyaga qarshi o'yinda boshlang'ich tarkibdan 7 nafar "Oltin Asr", 1 nafar "Ahal" va qolgan 3 futbolchi legioner maqomidagi o'yinchilar bo'lishdi.

Yazguli Xojageldiev dastlab mudofaani mustahkamlagan holda omadni qarshi hujum yoki standart vaziyatlari orqali ahtarishni maqul topmoqda. Jamoadagi ijrochilar va qita chempionatidagi raqib futbolchilarining darajasidagi farqni hisobda oladigan bo'lsak, bu to'g'ri. Hozirgi kunda Turkmaniston terma jamoasi nafaqat musobaqada, balki guruhda ham birinchi raqam bilan o'ynashga qodir jamoa emas.

Lekin aynan ikkinchi raqam ostida o'z ustunliklarini izlayotgan terma jamoaning yashirin qurollari haqida unutmaslik lozim. To'g'ri, jamoa tanlagan uslub va taktikadan kelib chiqsak, Turkmaniston jamoviy kombinacion o'yin qurishdan ko'ra raqibdan kelib chiqib o'ynashni xush ko'radi. Yaponiya bilan bo'lgan bahsda qo'shnilarimiz asosan uzoq masofalardan berilgan zarbalar orqali raqib darvozasi oldida xavf solishdi.

Imkon qadar uzun paslar bilan himoyadan hujumga ko'chishga intilishdi. Yaponiya esa qisqa to'p uzatmalari orqali tashkil etilgan kombinacion hujumlar evaziga raqib himoyasini bo'sh nuqtalarini topishga erishdi.

Tarkibga nazar soladigan bo'lsak, 3 markaziy himoyachi va ikki qanot himoyachilari bilan o'ynaydigan raqibimizdagi eng yaxshi va kuchli mudofaa vakili Ilyasov Vezirgeldi. Yaponiyaga qarshi bahsda raqibning eng ko'p hujumini bartaraf etgan futbolchi aynan mudofaa chizig'ining chap qanot markazida o'ynaydigan Vezirgeldi bo'ldi. Jamoa to'pni nazorat qilayotganda ham, himoyadan hujumga o'tishda ham aynan shu himoyachi ko'proq to'p bilan muomulada bo'ladi.

Jamoa tarkibidagi chap qanot himoyachisi Gurbangeldi Batirov juda ko'plab vaziyatlarda hujumga o'tish chog'ida to'pni raqibga oldirib qo'yadi. Yaponiya bilan bo'lgan bahsda mazkur ko'rsatkich bo'yicha etakchi bo'lish aynan chap qanot himoyasida o'ynayotgan Gurbangeldi Batirovga nasib qildi. To'pni nazorat qilish yoki qabul qilish texnikasi nisbatan pastroq bo'lgan futbolchining O'zbekistonga qarshi o'yinda maydonga tushishi balki so'roq ostida qolishi mumkin.

Turkmaniston terma jamoasining ko'plab hujumlari tayanch zonasida harakat qiladigan Rasul Xo'jaev tomonidan boshlanadi. Yaponiyaga qarshi o'yinda ham to'p bilan eng ko'p harakatlangan, raqib hujumlarini to'sishga erishgan va eng ko'p uzatmani (31) amalga oshirgan ham Xo'jaev bo'ladi. Agarda bugungi bahsda mazkur futbolchini "yopib" qo'yadigan bo'lsak, unda raqibning ko'plab rejalari barbod bo'lish ehtimoli yuqori. CHunki hujumlarga yo'nalish berish va markazda haqiqiy tayanch bo'ladigan Rasul Xo'jaevning jamoa o'yinidagi roli juda katta.

Turkmaniston terma jamoasining hujumlariga keskinlik beradigan futbolchilar uchligi quyidagicha: O'ng qanot vingeri Ruslan Mingazov, chap qanotda javlon uradigan bizga yaxshi tanish bo'lgan Asrlonmurot Amonov va hujumchi Vahit Orazsahedov. Arslonmurot Amanovga to'p kelishi bilan futbolchi hujumdagi rejalarni amalga oshirishga kirishadi. Ruslan Mingazov esa yakka-kurashlarda ham, o'tkir uzatmalar orqali sheriklarini qulay vaziyatga chiqarishda ham jamoada etakchi. Vahit Orazsahedov esa uzun bo'yi evaziga yuqoridan oshiriladigan havodagi to'plarni jamoadoshlariga olib berib, sheriklari raqib hududiga yaqinlashib olgunga qadar to'pni o'zida saqlab turish vazifasini ko'proq bajaradi. Lekin Yaponiyaga qarshi bahsda hujumchining o'yini u qadar yaxshi chiqmagani bois Yazguli Xojageldiev uni maydondan ertaroq olib tashlashni maqul ko'rgandi. Uning o'rniga tushgan Altimurot Annadurdiev ham ishonchni oqladi deb bo'lmaydi. Ikkinchi qavatdagi kurashlarda ham, to'pni ko'proq o'zida saqlab turish yoki raqib darvozasi oldida xavf tug'dirish borasida ham "Oltin Asr"ning ikkinchi hujumchisi raqobatdoshidan yaxshiroq harakat qila olmadi. SHu sababli bugungi bahsda ham boshlang'ich tarkibda katta ehtimol Vahit orazsahedov joy olishi mumkin.

Turkmaniston terma jamoasining mudofaa chizig'idagi muammolardan unumli foydalanish uchun ko'proq kombinacion futbol, qisqa to'p uzatmalari orqali ularning himoyadagi bo'shliqlaridan foydalanish mumkin. Raqib ko'p ham to'p nazoratiga etibor qaratmaydi, to'pni egallagach esa tezkor bilan imkon qadar uzun paslar orqali hujumga tezda keskinlik berishni maqul ko'radi. Bunda esa Ruslan Mingazov, vahit Orazsahedov va Arslonmurot Amonovning harakatlaridan ehtiyotkorroq bo'lish kerak.

Maydon markazidagi Ahmet Ataev, Rasul Xo'jaev va Arslonmurot Amonovning uzoqdan beradigan zarbalari yoki kutilmaganda jarima maydonchasi ichida ochila oladigan futbolchilarni ko'zdan qochirmaslik kerak. Yani raqibni o'z jarima maydonchamiz oldidan kutib olishda imkon qadar teparoq o'ynash maqsadga muvofiq bo'ladi. chuqur himoyalanayotganda esa Turkmaniston terma jamoasidagi futbolchilar o'zlarining kuchli zarbalari orqali ojiz nuqtani topish salohiyatiga egalar. Buni Arslonmurot Amanov misolida Yaponiyaga qarshi o'yin isbotlaganini ko'rdik.

Mahorat va tajribasi kamroq raqibga qarshi o'yinda esa eng yaxshisi o'zimizning ustun jihatlarimizni ishga solish. Birinchisi, futbolchilarimizning salohiyati, darajasi o'rtasidagi farqdan foydalanish. Hujumkor va tezkor qanotlarni maksimum ishga solish. Markazdagi ustunlikni taminlab, kombinacion futbolni yanada shakllantirib, chuqur himoyaga yotadigan raqibni mudofaa qo'rg'oniga zarba berish. SHu orqali anchadan buyon ishlamayotgan hujum chizig'imizni pishitib, anchadan buyon ishlamayotgan kombinacion futbolimizni qayta tekshiruvdan o'tkazib olamiz.

Menimcha, Ektor Kuper bugungi bahsda boshlang'ich tarkibda bazi o'zgarishlarni amalga oshiradi. Birinchisi aniq. Qizil kartochka sabab o'yinni o'tkazib yuboradigan Egor Krimec o'rni pozicion jihatdan yaxshi o'ynaydigan va etarli tajribaga ega Islom To'xtaxo'jaev bilan qoplanadi. Ikkinchi o'zgarish katta ehtimol Eldor SHomurodovni asosiy tarkibga qaytarish bo'lishi mumkin. Yana bir ehtimoli katta o'zgarish bu Sardor Rashidovni o'rniga Doston Hamdamovni tushirish. O'tgan o'yindagi harakatidan kelib chiqsak, Rashidov bahsni zaxirada boshlashga asosiy davogarlardan biri.

SHuningdek, markazda ham o'zgarish amalga oshirilishi mumkin. Sidiqov bu borada almashtirishga birinchi nomzod. Lekin raqibdan kelib chiqsak va hujumkor uslub tanlanadigan bo'lsa, unda Sidiqov variantidan yana qayta foydalanib ko'rishi mumkin.

Yana bir ehtimoliy o'zgarish bu himoya qanotlari. O'tgan bahsda har ikkala qanotlar bo'yicha etarlicha savollar yuzaga kelgandi. SHu boisdan ham Zoteev va SHorahmedovni boshlang'ich tarkibda ko'rish ehtimoli nisbatan pastroq. Ammo Kuper ikkinchi uchrashuvda g'olib tarkibni keskin o'zgartirib yuborishni istamasligi mumkinligini unutmaslik lozim.

Nima bo'lgan taqdirda ham O'zbekiston terma jamoasidan bugun ishonchli g'alabani kutamiz! Imkon qadar ishonchli yoki yirikroq hisobdagi g'alaba bizni guruhdagi vaziyatimizni yanada yumshatadi. SHunda biz uchinchi turda Yaponiyaga qarshi bemalol durang bilan ham sug'urtalanishimizga imkoniyat paydo bo'ladi.

Muhimi, bugungi bahsda g'alaba orqali pley-off yo'llanmasini rasmiylashtirib olish lozim. Turkmaniston bilan ham oson o'yin bo'lmasligi aniq.


SHahboz Beg'amov

Dubay, 13 yanvar

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика