Turkmaniston bosh murabbiyi: "Yaponiya qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilamiz"
08 jan 2019 20:29
Yangiliklar


Turkmaniston bosh murabbiyi: "Yaponiya qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilamiz"
Yaponiya - Turkmaniston o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Yazguli Xojageldiev va Ruslan Mingazov ishtirok etdi.
"Yaponiya qanday kuchli ekanligini yaxshi bilamiz. Rossiyadagi Jahon chempionatida ular kuchli o'ynashdi. Yaponlar shunday tarkibga egaki, ulardan aynan kim etakchi ekanligini aniqlash qiyin.
Biroq bizda ham istak juda kuchli. Futbolchilarimga ishonaman. Yaponiya bilan munosib o'ynaymiz deb umid qilaman", - deydi Yazguli Xojageldiev.
"2004 yil Osiyo Kubogida otamning (Ruslan Mingazov)o'yinlarini yaxshi eslayman. Endi menda ham shunday imkoniyat paydo bo'ldi. Butun jamoa Osiyo Kubogini sabrsizlik bilan kutdi. Yaponiya bilan bahsda o'zimizni ko'rsatishni istaymiz", - deydi Ruslan Mingazov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar