Turkiyada legionerlarimiz to'qnashadilar
30 dek 2013 01:30
Yangiliklar


Turkiyada legionerlarimiz to'qnashadilar
Nasimovning "Neftchi"si Geynrix va Kapadze jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazadi.
Ozarboyjonning amaldagi chempioni "Neftchi" navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotini Turkiyada o'tkazadi. Tabiiyki ushbu yig'inda terma jamoamiz hujumchisi Bahodir Nasimov ham ishtirok etadi. Bokuliklar 19 yanvar kuni Qozog'iston chempioni "Aktobe"ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. "Aktobe" safida ikki nafar hamyurtimiz Aleksandr Geynrix va Temur Kapadzening borligini inobatga olsak, Turkiyada o'ziga xos uchrashuv bo'lib o'tadi.

Fikrlar