So’nggi yangiliklar

19:10"Барселона" - "Вальядолид". Таркиблар билан танишинг  0 19:00АПЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқазди, Деклан Райс фаолиятида биринчи маротаба қизил карточка олди  0 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  1 18:36АПЛнинг 5та баҳси учун таркиблар билан танишинг  0 18:29АПЛ. Қизил карточка "Арсенал"га қимматга тушди ва Лондон клуби жорий мавсумдаги дастлабки очколарини йўқотди  11 18:17"Бухоро" ва "Хоразм" клублари, клуб расмийлари иши Тартиб-интизом қўмитасига оширилди  3 17:56Роналду ЧЛ қуръасига тақиб келган тақинчоқларнинг нархини биласизми?  9 17:08 "Футбол олами". Фарғонадаги кубок финалида водий дербисини кўрамиз   4 16:45Сиаваш Ҳақназари: "Бизга ким рақиб бўлишининг фарқи йўқ, ўзимизнинг аниқ мақсадимиз бор"  2 16:18Нега? "Челси" АПЛ ва ФИФА сабаб бир трансферни бекор қилди  0 15:24Нималар бўляпти? "Наполи" Осимхенни А Серия мавсум қайдномасига киритмади, рақамини эса бошқа футболчига беришди  4 14:52"Митти камера". Драмага айланиб кетган тўқнашувда "Андижон" финалга чиқди  3 14:36Сон Хён Миннинг отаси жазоланди  0 14:03Ди Мария фаолиятидаги энг ёмон мураббий ким бўлганини айтди: "Шубҳаларингиз бўлса, уларни тарқатиб юборишга тайёрман"  5 13:51"Навбаҳор" финалда. Водийликларга аталган кундан ГАЛЕРЕЯ  28

Turkiya Superligasi. Derbida "qora burgutlar" g'olib yoxud peshqadamning ochko yo'qotishi Yangiliklar

Turkiya Superligasi. Derbida "qora burgutlar" g'olib yoxud peshqadamning ochko yo'qotishi

Kecha, oqshomda Turkiya mahalliy ligasida navbatdagi tur uchrashuvlariga yakun yasaldi va unda bir qator kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi.

Rizeliklarga omad kulib boqdi

Ikki autsayderlar qatorida izg'ib yurgan va so'nggi vaqtlarda muvaffaqiyatsizliklar girdobiga tushib qolgan jamoalar "Rizespor" va "Anqaragyujyu" o'zaro bahs olib borishdi. O'yinda mezbonlar ishonchli hisob bilan g'alabani tantana qilishdi. Gollarga kelsak, 28-daqiqada belgilangan 11 metrli jarima zarbasini 23 yoshli hujumchi Brayan Samudio aniq amalga oshirdi. Ikkinchi bo'limda Boldrin oradagi farqni mustahkamladi. Mezbonlar qo'lga kiritilgan 3 ochko orqali raqiblarini quvib etib, 13-o'ringa chiqib olishdi.



Antaliya shahri jamoasi yana mag'lub


Oldingi tur doirasida yaqqol autsayderdan tarsaki qabul qilib olib, ayanchli ahvolga tushib qolgan "Antalyaspor" bu safar jadvalda tobora yuqorilab borayotgan kuchli jamoalardan biri "Sivasspor" mehmoni bo'ldi. Uchrashuv tengma-teng kurashlar ostida o'tdi, deb bemalol ayta olamiz. Barcha gollar o'yinning ikkinchi yarmida urildi. Avvaliga Emre Kilinch chiroyli goli bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Keyin bo'lim o'rtalarida Mustafo Yatabare oradagi farqni bittaga oshirdi. Mehmonlar tarkibida zaxiradan maydonga tushgan Sardor Ozkan 84-daqiqada yuzaga kelgan penaltidan unumli foydalanib, faqtgina hisobni qisqartirishga erishdi. Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng, sivasliklar 5-pog'onagacha ko'tarilib olishdi.



Peshqadam qimmatli 2 ochkodan mahrum

Mavsum boshidan beri turnir jadvalida karvonboshilikni hech kimga bermay kelayotgan va stabil o'yin namoyish etadigan kam sonli ishtirokchilardan biri "Alanyaspor" bu safar ko'proq sulh tuzishni yaxshi ko'radigan "Gaziantep" maydonida mehmon bo'ldi. Kutilganidek, qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda Erol Bulut shogirdlari so'nggi soniyalarda tayyor g'alabani qo'ldan chiqarishdi. Dastavval, Papiss Sisse hisobni ochgandi. Biroq, asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqada Jan-Armel Kana-Biyik jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Bu o'yinda, alanyaliklar 2 ochko yo'qotishdi va mezbonlar bir ochkoni qo'lga kiritishdi.



Konyaliklar yana mag'lub

O'tgan tur doirasida malatyaliklarga o'z muhlislari qarshisida sharmandali ravishda mag'lubiyatga uchragan alamzada “Konyaspor” bu safar Istanbulda mehmon bo'lishdi va raqib jamoa tomonidan ayovsizlarcha yanchib tashlandi. Tarkibida Maurisio Isla, Luis Gustavo, “CHelsi”dan ijaraga olingan Viktor Mozes, bir necha yil Osiyoda ham tajriba orttirib qaytgan Vedat Muriki va mahalliy ishqibozlarning yoqimtoyi Turkiya milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan hamda bir qator Evropa top-klublarida o'ynagan Emre Belezogludek futbolchilarga ega bo'lgan “Fenerbaxche” mehmonlarga rahm qilib o'tirmadi. Avvaliga, Garri Rodriges va Zankalar o'zlarini ko'rsatishdi. Oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas o'tgan turda jamoasi joniga oro kirgan Serdar Aziz avtogol muallifiga aylandi. BO'lim yakunlanmasidan Tufan farqni yana bittaga oshirdi. O'yinning ikkinchi yarmida Gustavo va Murikilar gol urib, hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'yishdi.



Qayseriliklarda navbatdagi mag'lubiyat

Oldingi turda, yaqin raqobatchisini ishonchli hisob bilan taslim etgan “Eni Malatyaspor” endi o'z maydonida birorta g'alabaga erishmagan bechorahol musobaqaning yaqqol autsayderi bo'lib turgan “Qaysarispor”ni qabul qildi va raqibiga haddan tashqari mehmondorchilik qilib yubordi. Uchrashuvga keladigan bo'lsak, Mitchell Donald hisobni ochuvchi golni urishga muvaffaq bo'ldi. Qolgan gollar ikkinchi bo'limga to'g'ri keldi. Oldiniga, Adis Yaxovich yuzaga kelgan penaltini aniq amalga oshirdi hamda Tevi Bifuma chiroyli golga mualliflik qildi va nihoyat, so'nggi daqiqada mehmonlar kiperi Silviu Lung o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Yakuniy hisob – 4:0.



Autsayder va o'rtamiyona bahsi

Avvalgi turda, Buyukshehir jamoasiga mehmonda alamli tarzda yutqazgan va so'nggi o'yinlarda mag'lubiyat ko'chasidan boshi chiqmayotgan “Gyoztepe” o'z uyida o'tgan haftada mardonavor durang qayd etgan “Qosimposho” mehmon qilib, muxlislarini yana bir bor ranjitdi. Uchrashuvda qosimposholiklar yirik hisobda g'alaba nashidasini surishdi. Gollarga kelsak, Xaris Xayradinovich hisobni ochdi. Biroq, birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarning so'nggisida Karim Xafez avtogol urdi va o'rtadagi muvozanat tiklandi. Lekin, afsuski o'yinning ikkinchi yarmi mezbon jamoa uchun ayanchli yakun topdi. Dastlab, millionlab ishqibozlarga malum va mashhur bo'lgan Rikardu Kuarejma belgilangan 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalandi. SHundan so'ng, tajribali mahalliy hujumchi Mustafo Pektemek va zahiradan maydonga tushgan Yusuf Erdoganlar bittadan to'p kiritishdi. Ushbu natijadan so'ng, jamoalar turnir jadvalida o'rin almashishdi.



Debyutant narasi

O'tgan yili quyi divizionda raqiblarini shunchaki sochib tashlagan va joriy mavsumda elitaga qaytishga muvaffaq bo'lgan “Denizlispor” bu safar mehmonda oldingi tur doirasida antaliyaliklarni shafqatsizlarcha tor-mor keltirish orqali sensaciya qayd etgan “Genchlerbirligi” ustidan ishonchli g'alabaga erishdi. Uchrashuvga to'xtalsak, oldiniga Oljay SHaxan hisobni ochdi. Ammo, o'yin tugashiga sanoqli soniyalar qolguniga qadar ikkala jamoa ham ishqibozlarni hayajonda ushlab turishdi. Oxirgi lahzalargacha o'zgarmay qolgan qaltis hisob mehmonlarni sergak tortishga majbur qildi. Faqatgina asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarning so'nggisi o'tib borayotgan bir paytda, Radoslav Muravski yuzaga kelgan penaltini golga aylantirdi va yakuniy hisobni o'rnatdi.



Derbida mezbonlar g'olib

Oldingi turda o'z maydonida sivasliklarni yuksak iroda evaziga mag'lubiyatga uchratgan va so'nggi o'yinlarni muvaffaqiyatli o'tkazib, ancha o'ziga kelib olgan “Galatasaroy” o'z uyida azaliy dushmani ohirgi ikki uchrashuvni normal holatga qaytishga erishgan “Beshiktosh” bilan jang olib bordi. Kutilganidek, keskin va murosasiz kurashlarga boy bo'lgan bahs taqdirini “qora burgutlar”ning 8-raqam ostida harakat qiluvchi 26 yoshli hujumchisi Umut Nayir tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Joriy tur natijalariga ko'ra, har ikkala jamoa musobaqa jadvalida tegishlicha 7-8 pog'onalarni band etishdi.



Markaziy o'yinda durang

Ayni paytda, muvaffaqiyatli odimini chiroyli g'alabalar davom ettirayotgan jamoalar “Istanbul Bashakshehir” va “Trabzonspor” o'zaro to'qnash kelishdi va tengma-teng kurashlar ostida o'tgan bahsda murosa ko'chasi tanlandi. Uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsak, barcha gollar o'yinning ikkinchi yarmida urildi. Avvaliga super forvard Daniel Starrij yuzaga kelgan penaltidan unumli foydalandi. Oradan 6 daqiqa o'tmasidan xakam yana bir bor 11 metrli nuqtaga ishora qildi va uni Edin Vishcha aniq amalga oshirib, o'rtadagi muvozanatni tikladi. SHundan so'ng, tajriba o'z so'zini aytdi va yuqori saviyali himoyachi Martin SHkrtel jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarning oltinchisida mehmonlarning doimiy qutqaruvchisi Aleksander Syorlot qaxramonga aylandi va jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan saqlab qoldi.


Xondamir Hakimov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика