Turkiya Superligasi. 8-tur prevyusi yoxud o'rtamiyonalar va autsayderlar jangi
18 okt 2019 17:29
Yangiliklar


Turkiya Superligasi. 8-tur prevyusi yoxud o'rtamiyonalar va autsayderlar jangi
Sivas shahri jamoasi Galatada mehmon
O'ziga yarashmagan o'rinni egallab turgan va o'tgan turda ham quyi pog'ona vakili maydoniga safar qilib, qimmatli 2 ochkoni boy bergan "Galatasaroy" endi o'z uyida so'nggi vaqtlarda "ketmoni uchayotgan" "Sivasspor"ni qabul qiladi. Mehmonlar ohirgi o'tkazilgan tur bahsida yani qariyb ikki hafta oldin muhlislari qarshisida kimsan anqaraliklarni er tishlatishgandi. Ha, ikki jamoa o'rtasida murosasiz uchrashuv bo'lishi kutilmoqda.
Galatasaray Florin Andone - 22', Florin Andone - 42', Ryan Babel - 74' |
Super Lig . 8-tur 18/10/2019, 23:30 2
:
3
Tugadi
|
Sivasspor Arouna Kone - 69', Erdogan Yesilyurt - 84' |
Stadion: Ali Sami Yen Spor Kompleksi Turk Telekom Stadyumu
Autsayder Antalyaga uchadi
Joriy mavsumda hali g'alaba sharbatidan totib ko'rmagan ikkita klubdan biri bo'lib turgan "Genchlerbirligi" klubi ertangi o'yinlarni boshlab beruvchi bahsda yakunlangan turda musobaqaning uzoq yillik kuchli ishtirokchilaridan biri "Fenerbaxche"ni mag'lub etgan "Antalyaspor" maydoniga safar qiladi.
Antalyaspor |
Super Lig . 8-tur 19/10/2019, 18:00 6
:
0
Tugadi
|
Genclerbirligi Daniel Candeias - 1', Giovanni Sio - 13', Daniel Candeias - 21', Daniel Candeias - 37', Giovanni Sio - 42', Bogdan Stancu - 57' |
Stadion: Antalya Stadyumu
Raqobatchilar bahsi
So'nggi o'tkazilgan turda bir-biridan chiroyli jimjimador g'alabalarni qo'lga kiritgan ikki jamoa "Istanbul Bashakshehir" va "Gyoztepe" o'zaro jang olib borishadi. Agar uchrashuvda mehmonlar muvaffaqiyat qozonishadigan bo'lsa, raqiblarini jadvalda ortda qoldirishlari mumkin. Istanbulliklar esa, nazariy jihatdan xattoki birinchi o'ringacha ko'tarilib olish imkoniyatiga egalar.
Istanbul Basaksehir Fredrik Gulbrandsen - 11', Martin Skrtel - 90' |
Super Lig . 8-tur 19/10/2019, 20:30 1
:
2
Tugadi
|
Goztepe Soner Aydogdu - 64' |
Stadion: Basaksehir Fatih Terim Stadyumu
Ajoyib bellashuv
Deyarli har mavsumda faqat bosh sovrin uchun davogar bo'ladigan klublardan biri "Trabzonspor" o'tgan turda "Rizespor"ni enggandi. Bu safar, ular istanbulliklarga yutqazgan alamzada "Gaziantep"ni o'z uylarida mehmon qilishadi. Har ikkala tomonda ham bu turdan keyin karvonboshi bo'lib olish uchun yaxshigina imkoniyat yuzaga kelgan.
Trabzonspor Daniel Sturridge - 9', Alexander Soerloth - 14', Jose Sosa - 76', Yusuf Sari - 81' |
Super Lig . 8-tur 19/10/2019, 20:30 1
:
4
Tugadi
|
Gaziantep FK Jefferson - 54' |
Stadion: Senol Gunes Akyazi Stadyumu
Anqara va Istanbul qarama-qarshiligi
Asta-sekin o'ziga kela boshlagan va yakunlangan turda musobaqa jadvalining ayni paytdagi yaqqol etakchisi bo'lib turgan "Alanyaspor"ni o'z muhlislari qarshisida mahv etgan "Beshiktosh" mehmonda azaliy raqiblaridan biri bo'lib kelgan Anqaraning "Anqaragyujyu" klubi bilan bellashadi. Ko'ramiz, super derbida kimning qo'li baland kelarkin.
Ankaragucu |
Super Lig . 8-tur 19/10/2019, 23:00 0
:
0
Tugadi
|
Besiktas |
Stadion: Eryaman Stadyumu
Quyi pog'onalardagilar to'qnashuvi
Turnir jadvalida qizil chiziqda izg'ib yurgan mavsumning start bosqichidagi eng omadsiz jamoalari "Qaysarispor" va "Qosimposho" o'rtasidagi uchrashuv qiziqarli kurashlarga boy o'tishi aniq. CHunki, ikkala tomon ham quyi zonadan uzoqlashish maqsadida faqat va faqat 3 ochkoni ko'zlab maydonga tushadi. To'g'ri, qosimposholiklar musobaqa boshidan beri ikki bor g'alaba nashidasini surishdi. Lekin, mezbon klub hali biron marta muvaffaqiyatga erishishmagan.
Kayserispor Pedro Henrique - 56' |
Super Lig . 8-tur 20/10/2019, 17:00 1
:
1
Tugadi
|
Kasimpasa Mame Baba Thiam - 6' |
Stadion: Kadir Has Sehir Stadyumu
Karvonboshiga qarshi omadsiz
Mavsum boshidan beri oldingi turga kelibgina, mamlakatning ko'p karra chempioni va bayroqdor jamoasiga yutqazib qo'ygan hozirgi mutlaq etakchi "Alanyaspor" o'z uyida so'nggi uch o'yinning barchasida mag'lubiyatga uchrab, jadvalda 15-pog'onagacha sho'ng'igan "Rizespor" jamoasini mehmon qiladi. Bu safar ham alanyaliklar imkoniyatni boy beradigan bo'lishsa, unda birinchi o'rinni boshqa bir klubga bo'shatib berishlariga to'g'ri keladi. Mehmonlar esa, g'alaba orqali yana etakchilar qatoriga qaytishlari mumkin.
Alanyaspor Ceyhun Gulselam - 16', Papiss Demba Cisse - 29', Anastasios Bakasetas - 51', Junior Fernandes - 70', Papiss Demba Cisse - 75' |
Super Lig . 8-tur 20/10/2019, 19:30 2
:
5
Tugadi
|
Rizespor Fernando Boldrin - 66', Fernando Boldrin - 73' |
Stadion: Bahcesehir Okullari Stadyumu
Debyutant va etakchi uchrashuvi
Juda uzoq yillik tanaffusdan keyin, oliy ligaga qaytishga muvaffaq bo'lgan va hozircha chakki taasurot qoldirmayotgan "Denizlispor" Malatyadagi qaqshatqich mag'lubiyatdan so'ng, yana bir kuchli klub "Fenerbaxche"ni o'z muhlislari qarshisida engishga harakat qilib ko'radi. "Fener" ham o'tgan turda o'z maydonida antalyaliklardan qabul qilib olingan mag'lubiyat ketidan g'alaba qozonish uchun astoydil kurashadi.
Denizlispor Oscar Estupinan - 73' |
Super Lig . 8-tur 20/10/2019, 22:00 2
:
1
Tugadi
|
Fenerbahce Tolga Cigerci - 39', Vedat Muriqi - 62' |
Stadion: Denizli Ataturk Stadi
Raqobatchilar bellashuvi
O'tgan turda, yirik hisobdagi chiroyli g'alabalarni rasmiylashtirgan va joriy mavsum sovrinli o'rinlarni maqsad qilgan ikki jamoa "Konspor" va "Yeni Malatyaspor" o'zaro keskin bahs olib borishlari ko'pchilik muxli-u mutaxassislar tomonidan tahmin qilinmoqda. Xa, bizni super uchrashuv kutib turibdi.
Konyaspor |
Super Lig . 8-tur 21/10/2019, 23:00 2
:
0
Tugadi
|
Yeni Malatyaspor Guilherme - 4', Robin Yalcin - 52' |
Stadion: Konya Buyuksehir Stadyumu
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar