Turkiya Superligasi. 7-tur yakuni yoxud "Fenerbaxche" mag'lub, "Beshiktosh" o'ziga kela boshladi
08 okt 2019 15:56
Yangiliklar


Turkiya Superligasi. 7-tur yakuni yoxud "Fenerbaxche" mag'lub, "Beshiktosh" o'ziga kela boshladi
Raqobatchilar bahsi
Turni ochib bergan o'yinda, Antaliya shahri bosh jamoasi asosiy raqobatchisi bo'lib turgan "Fenerbaxche" maydoniga safar qildi va kichik hisobda zafar quchdi. Uchrashuv taqdirini ketma-ket ikkinchi marta jamoasiga foyda keltirayotgan Ufuk Akol tomonidan kiritilgan tezkor gol hal qildi. Ushbu g'alabadan so'ng, mehmonlar ochkolar bo'yicha istanbulliklar bilan tenglashib olishdi.
Fenerbahce |
Super Lig . 7-tur 04/10/2019, 23:30 1
:
0
Tugadi
|
Antalyaspor Ufuk Akyol - 6' |
Stadion: Ulker Stadyumu Fenerbahce Sukru Saracoglu Spor Kompleksi
O'rtamiyona va debyutant to'qnashuvi
Oldingi tur, yirik hisobda mag'lub bo'lgan "Yeni Malatyaspor" bor alamini "Denizlispor"dan oldi va raqibi darvozasini besh bor ishg'ol qilishga erishdi. Gollarga keladigan bo'lsak, Adis Yaxovich o'z nomiga "poker"ni rasmiylashtirib qo'ydi. Xa, uchrashuv hujumchining o'ziga xos "benifisi"ga aylanib ketdi. U ikkita to'pni penalti orqali kiritgan bo'lsa, qolgan ikkitasini o'yin holatidan urdi. Yana bir golga yarim himoyachi Donald mualliflik qildi. Mehmonlar esa, Ugo Rodaleganing goli evaziga farqni biroz qisqartirishdi. SHu tariqa, Malatya shahri klubi turnir jadvalida raqobatchisini quvib etishga muvaffaq bo'lishdi.
Yeni Malatyaspor Adis Jahovic - 28', Mitchell Donald - 34', Adis Jahovic - 61', Adis Jahovic - 69', Adis Jahovic - 90' |
Super Lig . 7-tur 04/10/2019, 23:30 1
:
5
Tugadi
|
Denizlispor Hugo Rodallega - 65' |
Stadion: Malatya Stadyumu
Etakchi autsayderni yanchib tashladi
O'tgan turda, debyutantni mehmonda taslim etgan va asta-sekin o'ziga kela boshlagan “Qosimposho” klubi bu safar o'z maydonida joriy mavsumda sovrinli o'rinlarni maqsad qilgan “Konyaspor”ni qabul qildi. Uchrashuvda mehmon jamoa yirik hisobli g'alabani qo'lga kiritdi. Faruk Miyya “dubl” qayd etgan bo'lsa, Evtovich va Omer Ali Saxinerlar bittadan to'p kiritishdi. Mezbonlar Sarining goli evaziga farqni bittaga qisqartirishga erishishdi. G'alaba orqali Konya shahrining Selchuklu rayoni klubi 4-o'ringa ko'tarilib oldi.
Kasimpasa Veysel Sari - 45' |
Super Lig . 7-tur 05/10/2019, 18:00 4
:
1
Tugadi
|
Konyaspor Omer Ali Sahiner - 20', Marko Jevtovic - 44', Farouk Miya - 45', Farouk Miya - 63' |
Stadion: Recep Tayyip Erdogan Stadi
“Gyoztepe” qayseriliklarni tor-mor keltirdi
Avvalgi tur doirasida “Gaziantep” maydoniga safar qilib, mag'lubiyatdan bazo'r qutulib qolgan Izmir shahri bosh jamoasi bu safar o'z uyida “Qaysarispor”ni mehmon qildi va raqibiga raxm qilib o'tirmadi. Bahs taqdirini Stefano Napoleonining tezkor “dubl”i, Aydogdu va Oztyurklarning gollari hal qilib berdi. Ushbu muvaffaqiyatdan keyin, mezbonlar quyi pog'onalardan ancha uzoqlashib olishdi. Qayseriliklar esa, so'nggi o'ringa mustahkam joylashishdi.
Goztepe Alpaslan Ozturk - 7', Soner Aydogdu - 43', Stefano Napoleoni - 45', Stefano Napoleoni - 50' |
Super Lig . 7-tur 05/10/2019, 20:30 0
:
4
Tugadi
|
Kayserispor |
Stadion: Bornova Stadium
Autsayder amaldagi chempiondan ochko tortib oldi
Joriy mavsumda hali biron marta g'alaba qozonmagan va kuchli jamoalarni durangga imzo chekishga majbur qilishni qoyilmaqom ravishda amalga oshirayotgan “Genchlerbirligi” o'z maydonida kimsan “Galatasaroy”ni qabul qilib, sulh tuzishga erishdi. Uchrashuvga keladigan bo'lsak, ishqibozlar juda qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'yinga guvoh bo'lishdi. Ikkala jamoa futbolchilari ham bir-biriga nisbatan qo'pol harakatlarni amalga oshirdi. Natijada, hakam mezbonlardan oltita o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatdi. Istanbulliklardan esa, to'rt futbolchini ogohlantirdi. Yana bu etmaganidek, quyi pog'ona vakili Axmet Oguz maydondan chetlatildi. SHunday murosasiz ruhda o'tgan bahsda tomonlar muhim ochkolarni yo'qotishdi.
Genclerbirligi |
Super Lig . 7-tur 05/10/2019, 23:00 0
:
0
Tugadi
|
Galatasaray |
Stadion: Eryaman Stadyumu
Anqaraliklar yana mag'lub bo'lishdi
“Anqaragyujyu” klubi “Fenerbaxche”ga imkoniyatni boy berganidan so'ng, musobaqaning qoloq ishtirokchilaridan biri bo'lib turgan hamshaharlari ustidan g'alabaga erishish orqali kayfiyatlarini ko'tarib olishgandi. Bu safargi turda, ular turnir jadvali etakchilari qatorida borayotgan va boshqacha qilib aytganda, “ketmoni yaxshi uchayotgan” jamoa “Sivaspor” mehmoni bo'lishdi va mag'lubiyatga uchrashdi. Mert Xakan Yandash “dubl”ni rasmiylashtirgan bo'lsa, Mustafa Yatabare bitta gol urdi. Mehmonlardan Ordjill o'zini ko'rsatib, to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Biroq, hujumchining navbatdagi goli jamoasiga yordam berolmadi.
Sivasspor Mert Hakan Yandas - 26', Mert Hakan Yandas - 47', Mustapha Yatabare - 90' |
Super Lig . 7-tur 06/10/2019, 17:00 1
:
3
Tugadi
|
Ankaragucu Dever Orgill - 15' |
Stadion: Yeni 4 Eylul Stadi
Istanbulning haqiqiy etakchisi qaytdi
Joriy mavsum umuman kutilmagan natijalarni qayd etib kelayotgan o'ziga xos shonli tarixga ega bo'lgan jamoa “Beshiktosh” o'z muhlislari qarshisida ayni paytda, musobaqa karvonboshisi bo'lib turgan va shu o'yinga qadar yagona mag'lub bo'lmagan klub sifatida gavdalangan “Alanyaspor” ustidan g'alaba qozonish asnosida kim aslida kimligini barchaga isbotlab berdi. Jamoa shu yo'sinda zafarli odimini davom ettirib, avvalgi mavqeyini tiklab oladi degan umiddamiz. Uchrashuvdagi ikkala gol ham ikkinchi bo'limda urildi. Burak Yilmaz yuzaga kelgan penaltidan unumli foydalangan bo'lsa, Diabi jamoadoshining qulay uzatmasini golga aylantirdi. Ushbu omadsizlikdan so'ng, alanyaliklar taqibchilarini maksimal darajada yaqinlashtirib olishdi.
Besiktas Burak Yilmaz - 52', Abdoulay Diaby - 69' |
Super Lig . 7-tur 06/10/2019, 19:30 0
:
2
Tugadi
|
Alanyaspor |
Stadion: Vodafone Park
Etakchi o'rtamiyonani engdi
O'tgan tur, Istanbulda sharmandalarcha mag'lub bo'lgan va o'ziga yarashmagan quyi pog'onalarda izg'ib yurgan “Rizespor” o'z uyida oldingi haftada gol urish bo'yicha “Beshiktosh”ga saboq bergan “Trabzonspor”ni qabul qildi. O'yinga kelsak, avvaliga mezbonlar markaziy himoyachisi Dario Melnyak hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim o'rtasiga kelib, Syorlot muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtning so'nggi soniyalarida yana o'sha Entoni Nvakaeme katta sahnaga chiqdi va shu tariqa, jamoasiga qimmatli uch ochkoni taqdim etdi. Qo'lga kiritilgan g'alaba orqali Trabzon shahri klubi 3-o'ringacha ko'tarilishga muvaffaq bo'lishdi.
Rizespor Dario Melnjak - 23' |
Super Lig . 7-tur 06/10/2019, 22:00 2
:
1
Tugadi
|
Trabzonspor Alexander Soerloth - 73', Anthony Nwakaeme - 90' |
Stadion: Caykur Didi Stadyumu
Raqobatchilar jangida istanbulliklarning qo'li baland keldi
Avvalgi haftada, kimsan “Rize Otaturk” stadioni egasini yirik hisobda tor-mor keltirgan va joriy mavsumda chempionlikni maqsad qilgan “Istanbul Bashakshehir” jamoasi bu safargi turda o'z maydonida asosiy raqobatchisi “Gaziantep”ni qabul qildi. Dastlab, Enco Krivelli gol urdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Lekin, oradan o'n bir daqiqa o'tmasidan Tvumasi hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limga kelib, tinib-tinchimas Krivelli o'z nomiga “dubl”ni rasmiylashtirdi va qimmatli uch ochko taqdirini hal qildi. SHunday qilib, Istanbul shahri bosh jamoasi turnir jadvalida raqibini ortda qoldirishga erishdi.
Gaziantep FK Patrick Twumasi - 24' |
Super Lig . 7-tur 06/10/2019, 22:00 2
:
1
Tugadi
|
Istanbul Basaksehir Enzo Crivelli - 13', Enzo Crivelli - 71' |
Stadion: Gaziantep Stadyumu
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar