So’nggi yangiliklar

01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  0 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  2 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гўл ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  6 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  7 00:02РПЛ. "Ахмат" ва "Акрон" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Эсанов 62-дақиқада майдонга тушди  1 23:52РПЛ. "Рубин" ўн киши бўлиб қолган "Спартак"дан тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов ва Раҳмоналиев эса...   2 23:48Расман: Жейдон Санчо янги клуби билан шартнома имзолади  3 23:44Бундеслига. "Байер"нинг Бундеслигадаги 35 ўйинлик мағлубиятсиз сериясига чек қўйилди  4 23:30АПЛ. Холанднинг хет-триги "Ман Сити"га "Вест Хэм"га қарши ўйинда ғалабани тақдим этди  8 23:21Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз майдонида "Қосимпошо"га мағлуб бўлди, Алиқулов 87 дақиқа ўйнади  3 23:00Ла Лига. "Барселона" - "Вальядолид" 7:0, Рафинядан хет-трик  7 22:45ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Қайсар"га мағлуб бўлди, Яхшибоев ва Умаров эса...  2 22:00Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"га жавобсиз 7та гол урди!  56 21:40Расман: "Вест Хэм" ПСЖ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  1 19:30РПЛ. ЦСКА яна ғалаба қозонди  2

Turkiya Superligasi. “Beshiktosh” navbatdagi muvaffaqiyatini nishonlagan haftada autsayder dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Turkiya Superligasi. “Beshiktosh” navbatdagi muvaffaqiyatini nishonlagan haftada autsayder dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi

Teglar :  Turkiya Superligasi
Kuni kecha, Anqaradagi o'yin bilan Turkiya milliy chempionatida tur tugadi va bu safar jamoalarning darvozani ishg'ol qilishda oqsashi natijasi o'laroq musobaqada gol qurg'oqchiligi kuzatildi.

O'rtamiyonalar to'qnashuvi

Haftaning juma kuni o'tgan tur doirasida Istanbul derbisida o'zining azaliy raqibi bo'lgan jamoaga alamli tarzda yutqazib qo'ygan "Galatasaroy" bu safar o'z maydonida yakunlangan turda muxlislari qarshisida anqaraliklarni er tishlatgan "Rizespor"ni qabul qildi. Ushbu uchrashuvda Yuto Nagatomo, Rayan Babel va yozda bir paytlar “Yuventus”da ham o'ynagan “Sautgempton”dan xarid qilingan Mario Leminadek futbolchilarga ega bo'lgan “Galatasaroy” ishonchli hisob bilan g'alabani tantana qildi. Gollarga kelsak, 15-daqiqada mehmonlarning tunislik yosh himoyachisi Montassar Talbi kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Oradan uch daqiqa o'tar-o'tmas Babel belgilangan 11 metrli jarima zarbasini aniq nishonga oldi va tablodagi 2:0 hisobi bahs ohirigacha o'zgarmay qoldi.

Galatasaray

Montassar Talbi - 15', Ryan Babel - 18'

Super Lig . 10-tur

01/11/2019, 21:30

0
:
2
Tugadi

Rizespor

Stadion: Ali Sami Yen Spor Kompleksi Turk Telekom Stadyumu

45'
90'
15'  Montassar Talbi
18'  Ryan Babel
54'  Sener Ozbayrakli (Mariano)
60'  Ryan Babel
76'  Ryan Babel (Jimmy Durmaz)
86'  Emre Mor (Adem Buyuk)
43'  Ismael Diomande
46'  Ismael Diomande (Baris Alici)
56'  Gokhan Akkan (Tarik Cetin)
64'  Ogulcan Caglayan
71'  Montassar Talbi
82'  Ogulcan Caglayan (Braian Samudio)



Autsayder Konyada mehmon

Bugungi o'yinlarni boshlab beruvchi uchrashuvda avvalgi haftada Istanbulga safar qilib, kutilmagan “tarsaki”ni qabul qilib olgan va turnir jadvalida to'plar nisbatiga ko'ra 9-o'rin yani “ekvator”ga joylashgan “Konyaspor” endi o'z uyida olamshumul sensaciya ketidan debyutant denizliliklarga imkoniyatni boy bergan “Genchlerbirligi”ni mehmon qildi. SHuni takidlab o'tish lozimki, mezbonlar tarkibida hali 22 yoshga to'lmagan umidli hujumchi Faruk Miyya so'nggi bahslarda katta effekt keltiryapti va u bu o'yinda ham o'zini ko'rsatishga erishdi. Anqara shahri jamoasida esa, portugaliyalik tajribali vinger Daniel Kandeyash bor edi. Uchrashuv natijasiga to'xtaladigan bo'lsak, oldiniga Neyc Skubichning samarali pasidan unumli foydalangan Miyya o'zining to'qqizinchi bahsdagi 5-golini urdi. Mezbon tomon ishqibozlari bayramni boshlab yuborishgan bir paytda, asosiy vaqtga qo'shib berilgan to'rtinchi daqiqada Ruminiya milliy terma jamoasi markaziy hujumchisi Bogdan Stanku hisobni tenglashtirdi va jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Konyaspor

Farouk Miya - 37'

Super Lig . 10-tur

02/11/2019, 16:00

1
:
1
Tugadi

Genclerbirligi

Yasin Pehlivan - 90'

Stadion: Konya Buyuksehir Stadyumu

45'
90'
37'  Farouk Miya
37'  Nejc Skubic
50'  Marko Jevtovic (Volkan Findikli)
79'  Omer Ali Sahiner (Riad Bajic)
88'  Riad Bajic
90'  Levan Shengelia (Fallou Diagne)
40'  Pierre-Yves Polomat
68'  Berat Ozdemir (Nadir Ciftci)
84'  Floyd Ayite (Yasin Pehlivan)
85'  Nadir Ciftci
90'  Yasin Pehlivan




Markaziy o'yin

Joriy turda eng qiziqarli o'tishi kutilayotgan super uchrashuvda ohirgi paytlar stabil o'yin namoyish etib kelgan va oldingi o'tkazilgan turda durangga rozi bo'lish asnosida raqiblariga qimmatli ochkolarni ulashgan jamoalar “Alanyaspor” va “Istanbul Bashakshehir” o'zaro jang olib borishdi. Alanyaliklar “Gaziantep”ga qarshi bahsda so'nggi lahzalarda tayyor g'alabani qo'ldan chiqarishgan bo'lsa, mehmon jamoa Istanbul shahri jamoasi yaqin raqobatchisi “Trabzonspor” bilan sulhga rozi bo'lishgandi. Kutilmaganda, juda zerikarli ruhda o'tgan o'yinda uchrashuvga mos ravishda nursiz durang qayd etildi. Birinchi bo'lim so'nggida Fabris N’Sakalya xakam tomonidan ogohlantirildi. Istanbulliklardan franciyalik yosh umidli forvardlardan biri Enco Krivelli o'yinning ikkinchi bo'limi boshlarida sariq kartochka bilan jazolandi. Ushbu natijadan keyin Alanya shahri bosh jamoasi raqobatchilarini o'ziga maksimal darajada yaqinlashtirib olgan bo'lsa, “Bashakshehir” egallab turgan o'rnidan siljigani yo'q.

Alanyaspor

Super Lig . 10-tur

02/11/2019, 18:30

0
:
0
Tugadi

Istanbul Basaksehir

Stadion: Bahcesehir Okullari Stadyumu

45'
90'
45'  Fabrice N'Sakala
63'  Onur Bulut (Djalma)
75'  Junior Fernandes (Yacine Bammou)
84'  Ceyhun Gulselam (Salih Ucan)
17'  Irfan Kahveci (Robinho)
53'  Enzo Crivelli
60'  Eljero Elia (Berkay Ozcan)
89'  Okechukwu Azubuike (Demba Ba)





Yana Istanbul va Antaliya jangi

Mavsumni juda sust boshlagan va birin-ketin yirik hisobdagi mag'lubiyatlarni qabul qilib olgan hozirga kelib esa, avvalgi mavqeyini tiklash uchun astoydil kurashayotgan “Beshiktosh” so'nggi o'yinlarda irodali g'alabalarga erishishga muvaffaq bo'ldi. Jamoa ayni paytda ajoyib statistikaga ega bo'lib turibdi: 9 o'yinda uchtadan g'alaba, durang va mag'lubiyat qayd etgan. Endi ular o'tgan turda Sivasga safar qilib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan “Antalyaspor” bilan bahs olib borishdi va navbatdagi g'alabani rasmiylashtirishdi. Ushbu uchrashuv oldidan jamoalar o'rtasidagi ochkolar farqi bor yo'g'i bir ochkoni tashkil qilayotgandi. Yani mehmonlar raqiblarini quvib o'tish uchun yaxshigina imkoniyatdan foydalana olishmadi. Gollarga kelsak, avvaliga xorvat himoyachisi Domagoy Vida o'zini ko'rsatdi. Oradan ikki daqiqa o'tmasidan Abdulay Diabi farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo'lim boshida Pol Mukariu tomonidan kiritilgan to'p antaliyaliklarga faqat hisobni qisqartirish uchun xizmat qildi, xolos.

Antalyaspor

Paul Mukairu - 52'

Super Lig . 10-tur

02/11/2019, 21:00

2
:
1
Tugadi

Besiktas

Domagoj Vida - 9', Abdoulay Diaby - 11'

Stadion: Antalya Stadyumu

45'
90'
9'  Bahadir Ozturk
23'  Chico (Serdar Ozkan)
46'  Aatif Chahechouhe (Amilton)
52'  Paul Mukairu
52'  Gustavo Blanco
67'  Gustavo Blanco
82'  Ufuk Akyol (Fredy)
90'  Paul Mukairu
9'  Domagoj Vida
9'  Adem Ljajic
11'  Abdoulay Diaby
48'  Mehmet Umut Nayir
58'  Jeremain Lens (Burak Yilmaz)
69'  Pedro Rebocho
76'  Adem Ljajic (Oguzhan Ozyakup)
87'  Mehmet Umut Nayir (Guven Yalcin)



Sivasliklar debyutant maydoniga safar qildi

Asta-sekinlik bilan oliy maqomdagi liga havosiga moslashib borayotgan jamoa “Denizlispor” bu safar o'z maydonida o'tgan tur doirasida Antaliya shahri jamoasini taslim qilgan “chaqilmas yong'oq” klublardan biri “Sivasspor”ni qabul qildi va raqibini ishonchli ko'rinishda taslim etdi. Mehmon jamoa vakillari ushbu o'yinda qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar, kuchli o'ntalikdan tushib ketmasligi aniq edi. Debyutant esa, xattoki “qizil zona”ga tushib qolish xavfi ostida turgandi. Mezbonlar safida yaqin kunlarda 36 yoshni qarshilaydigan Evropa maydonlarida to'p tepgan va yuqori to'purarlik mahoratiga ega bo'lgan ivuarlik tajribali hujumchi Aruna Kone bor va futbolchi bu safar ham gol urishga erishdi. Denizli shahri jamoasining oldingi chizig'ida ajoyib iqtidor sohibi Ugo Rodalega harakat qiladi va lekin u ushbu bahsda nomalum sabablarga ko'ra ishtirok etolmaydi. Uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsak, mahalliy tajribali vinger “Sivasspor” libosida qariyb yuzga yaqin o'yinda maydonga tushgan Xakan Arslan birinchi bo'lim ohirida hisobni ochdi. So'nggi daqciqaga kelib esa, yana o'sha Kone bahsga mantiqiy nuqtani qo'yib berdi.

Denizlispor

Super Lig . 10-tur

03/11/2019, 15:00

2
:
0
Tugadi

Sivasspor

Hakan Arslan - 40', Arouna Kone - 90'

Stadion: Denizli Ataturk Stadi

45'
90'
41'  Tiago Lopes
45'  Radoslaw Murawski
46'  Ismael Aissati (Recep Niyaz)
71'  Olcay Sahan (Hadi Sacko)
80'  Mustafa Yumlu
81'  Zeki Yavru (Burak Calik)
23'  Marcelo Goiano
40'  Hakan Arslan
64'  Erdogan Yesilyurt (Fernando Santos)
66'  Ugur Ciftci
80'  Mustapha Yatabare (Arouna Kone)
83'  Fatih Aksoy (Isaac Cofie)
85'  Hakan Arslan
90'  Arouna Kone
90'  Emre Kilinc





Etakchi va o'rtamiyona bellashuvi

So'nggi mavsumlarda faqat yuqori o'rinlarni ko'zlab kelayotgan va bunga amalda ham erishishni uddasidan chiqqan “Yeni Malatyaspor” endigi safarda ketma-ket o'yinlarda muhim ochkolarni qo'lga kiritgan kuchli jamoalarga etarlicha muammo tug'dira oladigan ishtirokchilardan biri bo'lgan “Qosimposho” maydonida mehmon maqomida o'ynadi. Har ikkala jamoa ham o'tgan tur doirasidagi uchrashuvlarda bir-biridan jimjimador g'alabalarni rasmiylashtirishgan edi. Bundan avvalgi tur doirasida, Malatya shahri bosh jamoasi o'z muxlislari qarshisida har bir raqibi oldida ojiz qolayotgan “Qaysarispor”ni yanchib tashlashgan bo'lsa, qosimposholiklar yirik hisobda mag'lub etish orqali “Gyoztepe”ni salkam autsayderga aylantirib qo'ydi. O'yinga kelsak, keskin va murosasiz kurashlar ostida kechgan uchrashuvda 2:2 ko'rinishida jangovar durang qayd etildi. Oldiniga Bengali-Fode Koyta hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim o'rtalarida malatyaliklarning to'purar hujumchisi Adis Yaxovich muvozanatni tikladi. Oradan 7 daqiqa o'tar-o'tmas Veysel Sari o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi bilan mehmon jamoa oldinga o'tib oldi. Biroq bu hali hammasi emas edi. Mezbonlar tarkibida zahiradan maydonga tushgan Abdul Xalili asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda gol urib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Kasimpasa

Bengali-Fode Koita - 13', Abdul Khalili - 90'

Super Lig . 10-tur

03/11/2019, 17:30

2
:
2
Tugadi

Yeni Malatyaspor

Adis Jahovic - 63', Veysel Sari - 68'

Stadion: Recep Tayyip Erdogan Stadi

45'
90'
13'  Bengali-Fode Koita
33'  Ricardo Quaresma
71'  Haris Hajradinovic (Yusuf Erdogan)
75'  Syam Ben Youssef
80'  Loret Sadiku (Abdul Khalili)
88'  Mustafa Pektemek (Ilhan Depe)
90'  Abdul Khalili
90'  Bengali-Fode Koita
17'  Robin Yalcin
46'  Mitchell Donald (Gokhan Tore)
63'  Adis Jahovic
63'  Guilherme
67'  Thievy Bifouma (Moryke Fofana)
68'  Veysel Sari
77'  Robin Yalcin
80'  Guilherme (Murat Yildirim)
90'  Sakib Aytac





Gyoztepeliklar Trabzonda mehmon

Ertangi uchrashuvlar taqvimidan joy olgan o'yinlardan birida oldingi tur o'zidan birmuncha pas saviyada turuvchi jamoadan yana bunisi etmaganidek o'n minglab ishqibozlari guvohligida qaqshatqich mag'lubiyatni tan olgan alamzada “Gyoztepe” bu safar hafta boshida derbida qatnashgan va jangovar durang qayd etgan “Trabzonspor” bilan o'zaro jang olib bordi. Mehmonlarda darvoza chizig'idan o'z vaqtida uzoq yillar Portugaliya milliy terma jamoasi postini qo'riqlagan boy tajribaga ega Betu joy olgan bo'lsa, trabzonliklar hujumida Daniel Starrij bor edi va u hozircha 4 uchrashuvda 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu safargi o'yin taqdirini vaqtida Angliya Premer-ligasida o'rtamiyona bir nechta klublar sharafini himoya qilgan tajribali hujumchi Kemeron Jerom tomonidan 31-daqiqada kiritilgan gol hal qildi.

Trabzonspor

Super Lig . 10-tur

02/11/2019, 18:30

1
:
0
Tugadi

Goztepe

Cameron Jerome - 31'

Stadion: Senol Gunes Akyazi Stadyumu

45'
90'
46'  Ahmet Canbaz (Kamil Corekci)
46'  Dogan Erdogan (Donis Avdijaj)
82'  Donis Avdijaj (Koray Kilinc)
31'  Cameron Jerome
31'  Lamine Gassama
46'  Lamine Gassama (Murat Paluli)
46'  Soner Aydogdu
56'  Cameron Jerome
68'  Halil Akbunar (Deniz Kadah)
75'  Marcio Mossoro
89'  Soner Aydogdu (Atinc Nukan)


Etakchi va autsayder bahsi

Dam olish kunidagi o'yinlarni yakunlab beruvchi uchrashuvda joriy mavsum hali biron marta g'alaba nashidasini surmagan hamda to'rtta durang va beshta mag'lubiyat qayd etgan bechorahol “Qaysarispor” endigi safar o'z uyida tashkil topganidan beri deyarli har yili chempionlik uchun asosiy davogarlar qatorida bo'lgan “Fenerbaxche”ni mehmon qildi va chempionatda navbatdagi sensaciyani qayd etdi. Istanbulliklar tarkibida Odil Rami, Viktor Mozes va Maks Kruze kabi o'yinchilar harakat qilishadi. SHunday jamoani engishga erishish uchun bittagina gol kifoya qildi va unga bir paytlar “Galatasaroy” safida yulduzli onlarini boshdan kechirgan Umut Bulut mualliflik qildi.

Kayserispor

Umut Bulut - 58'

Super Lig . 10-tur

03/11/2019, 20:00

0
:
1
Tugadi

Fenerbahce

Stadion: Kadir Has Sehir Stadyumu

45'
90'
27'  Benoit Poulain (Levent Guelen)
58'  Umut Bulut
58'  Bernard Mensah
64'  Bilal Basacikoglu (Pedro Henrique)
83'  Brice Dja Djedje (Ben Rienstra)
86'  Yasir Subasi
61'  Garry Rodrigues
64'  Victor Moses (Deniz Turuc)
70'  Emre Belozoglu (Tolga Cigerci)
75'  Tolga Cigerci
77'  Mathias Joergensen (Mevlut Erdinc)
82'  Serdar Aziz




Gazishehirliklar Anqaraga uchishdi

Ushbu turni tugatib beruvchi kelasi haftaning dastlabki kunida bo'lib o'tadigan o'yinda so'nggi uchrashuvlardagi omadsizliklar natijasida autsayderlar orasiga qo'shilgan ayanchli ahvoldagi “Anqaragyujyu” o'z maydonida o'tgan tur kimsan musobaqa jadvali karvonboshisini “Alanyaspor”dan ochko tortib olgan kuchli o'nlikka jonholatda osilib turgan “Gaziantep”ni qabul qildi unda mehmonlar irodali g'alabani qo'lga kiritishdi. Marius CHumudike shogirdlari ichida mahalliylashtirilgan asli braziliyalik Jefferson va Turkiya chempionatida etarlicha tajribaga ega bo'lgan hamda bazida “shedevr” gollar urib turadigan Senegal milliy terma jamoasi azosi Mussa Sou bor va lekin u bu safar maydonda ko'rinish bermadi. Anqaraliklar safida esa, Dever Ordjilldek yamaykalik super forvard harakat qiladi. 3 ta gol bilan jamoa to'purari bo'lib turgan hujumchi bu safar o'yinni golsiz tark etdi. Uchrashuvga kelsak, avvaliga Patrik Tvumasi yuzaga kelgan penaltidan unumli foydalangan holda jamoasini oldinga olib chiqdi. O'yinning ikkinchi yarmi o'rtalariga kelib, Ilxan Parlak hisobni tenglashtirdi. Ammo asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarning uchinchisida mehmonlarning bir paytlar “CHelsi”, “Verder” va “Sanderlend” kabi jamoalarda o'ynagan senegallik himoyachisi Papi Jiloboji g'alaba to'pini kiritib, “Gaziantep”ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ankaragucu

Ilhan Parlak - 67'

Super Lig . 10-tur

04/11/2019, 21:00

2
:
1
Tugadi

Gaziantep FK

Patrick Twumasi - 30', Papy Djilobodji - 90'

Stadion: Eryaman Stadyumu

45'
90'
44'  Tiago Pinto
46'  Ricardo Faty (Cebrail Karayel)
67'  Ilhan Parlak
67'  Aydin Karabulut
90'  Aydin Karabulut (Hasan Kaya)
90'  Ilhan Parlak
30'  Patrick Twumasi
44'  Papy Djilobodji
62'  Jefferson (Bartlomiej Pawlowski)
73'  Souleymane Diarra
81'  Guray Vural (Kenan Ozer)
90'  Souleymane Diarra (Furkan Soyalp)
90'  Papy Djilobodji
90'  Patrick Twumasi


Xondamir Hakimov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика