Arda Turan turkiyalik qo'shiqchining burnini sindirdi

Narzulla Saydullayev
11 okt 2018, 11:26
Transfer huquqi "Barselona"ga tegishli bo'lgan "Istanbul Bashakshexir" yarim himoyachisi Arda Turan Istanbuldagi tungi klublarning birida turkiyalik qo'shiqchi Berkay Shexinga hujum qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi qo'shiqchining xotini Ozlem Shaxinga tegajog'lik qilgan, natijada janjal kelib chiqqan va Turan qo'shiqchining burnini sindirgan. Berkay Shaxin kasalxonaga yotqizildi va operaciya qilindi. Voqeadan so'ng Turan mushtlashuvda jabr ko'rgan qo'shiqchidan kechirim so'radi.

Turan bu bilan to'xtab qolmadi. Shu kuni tunda u qurol bilan shifoxonaga borib Berkaydan uzr so'radi va o'zini otib tashlashi mumkinligini aytdi. "Men u sening xotining ekanligini bilmagandim. Kechir. Xohlasang meni otib tashlashing mumkin", – dedi Arda. Shaxin esa bu taklifga rad javobini berdi.

Ma'lumot uchun, Arda Turanning xotini Aslixan Dog'an ayni paytda farzand kutmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: hurriyet