Turkiya kubogi. "Fatix Karagumruk" penaltilar seriyasida yutqazdi, SHukurov zaxiradan maydonga tushirildi va seriyada gol urdi
18 jan 2023 19:49
Yangiliklar


Turkiya kubogi. "Fatix Karagumruk" penaltilar seriyasida yutqazdi, SHukurov zaxiradan maydonga tushirildi va seriyada gol urdi
Turkiya kubogining 1/8 finali doirasida "Fatix Karagumruk" klubi "Bashakshexir" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa "Bashakshexir" futbolchilari ustun keldi.
Qayd etish joiz, "Fatix Karagumruk" tarkibida o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek SHukurov ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushirildi. SHuningdek, u penaltilar seriyasida jamoasining to'rtinchi zarbasini aniq ijro etdi, ammo jamoa seriyada 3:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar