Turkiya. Ikardining dubli klassik to'qnashuvda “Galatasaroy”ga g'alaba keltirdi (+jadval)
06 noy 2022 09:15
Yangiliklar


Turkiya. Ikardining dubli klassik to'qnashuvda “Galatasaroy”ga g'alaba keltirdi (+jadval)
Mauro Ikardi dublga erishgan bo'lsa, Jenk Tosun javob to'pi muallifiga aylandi.
Ikardi chempionatdagi 5-o'yinida gollarini sonini uchtaga etkazib oldi va uning hisobida bitta assist ham bor.
“Galatasaroy” esa 24 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam “Fenerbahche” bilan oradagi farq 2 ochkoni tashkil etmoqda.
"Galatasaroy" – "Beshiktosh" 2:1 (1:1, 1:0)
"Turk Telekom Stedium"
Gollar: 1:0 – 18 Ikardi, 1:1 – 28 Tosun, 2:1 – 59 Ikardi.
"Galatasaroy" – Muslera, Boe, Bardakji, Nelsson, Toshdemir (Dyubua, 80), Serjiu Oliveyra (Midtshe, 90), Rashica, Torreyra (Bayram, 90), Mertens (Kutlu, 80), Ikardi, Yilmaz (Akturkoglu, 64).
"Beshiktosh" – Gyunok, Roze (Bingel, 40), Saiss, Sanuch, Merash (Uysal, 70), Souza, Uchan (Redmond, 64), Jedson Fernandesh, Nkudu (Myuleka, 64), Tosun, Vegorst.
Ogohlantirishlar: Mertens (42), Souza (73), Redmond (73), Uysal (77), Serjiu Oliveyra (89), Torreyra (90), Bingel (90).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar