So’nggi yangiliklar

16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  17 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  10 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  20 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  1 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  10 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  7 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  3 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   52 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  27 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  15 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  9

Turk fojiasi. Zilzila ostida qolgan Xatay klubi Abdixoliqovni transfer qilmoqchi edi Yangiliklar

Turk fojiasi. Zilzila ostida qolgan Xatay klubi Abdixoliqovni transfer qilmoqchi edi

Turkiyada 6 fevral tongi mashum xabar bilan boshlandi.

Mahalliy vaqt bilan 04:17da Qahramonmarash viloyatining Pazarjik tumanida yuz bergan 7,8 magnitudali zilzila katta talofatlarga sabab bo'ldi. Eng yomoni, bu holat kun davomida Turkiyaning turli burchaklarida davom etib turdi. Qurbonlar soni ortib borayotganidan xabaringiz bo'lsa kerak. 

Dahshatli fojia futbol olamiga ham tasir qilmay qolmadi. “Malatyaspor” darvozaboni Ahmet Turkaslan vayronalar ostida halok bo'lgan. 

“Xatayspor” ustozi Volkan Demirelning instagram orqali yo'llagan murojaati ko'pchilikning etiborini tortdi: “Iltimos, yordam! Imkoningiz bo'lganicha ko'mak yuborishingizni so'rayman. Iltimos, yordam. Faqat Xatay emas, qo'shni hududlarda ham holat bir xil. Odamlarni topolmayapmiz. Qo'limizdan kelgacha harakat qilyapmiz.  Hamma parishon, hamma jon dardida. Alloh rizoligi uchun yordam bering”...

SHu zo'rlarni aytarkan Demirel yig'lab yubordi. Faoliyati davomida o'zining agressivligi va kuchli xarakteri bilan ajralib turgan “Fenerbahche” afsonasi ommaga 1-marta shunday holatda ko'rindi. CHunki Xatayda nafaqat tub aholi, balki, shaharning bosh jamoasi vakillari, xususan, Demirel shtabidagi kishilar ham vayronalar ostida qolgani taxmin qilinyapti.

Hozircha 3 futbolchi va 1 nafar murabbiy (oilasi bilan) qulagan binolar ostidan chiqarib olingan. Ammo “Xatayspor”ning sport direktori Taner Savut, tarjimon Emre, shuningdek, siz APL bahslari orqali taniydigan Kristian Atsu ham vayronalar ostida qolgani aytilmoqda...

Etiborli jihati, hamyurtimiz Bobir Abdixoliqovga aynan shu jamoadan qiziqish bo'layotgandi. “Xatayspor” mutasaddilari so'nggi 1 hafta davomida Turkiyaning Antalya shahrida bo'lib turgan hujumchi bo'yicha muzokara o'tkazayotgan va Abdixoliqovni transfer oynasi yopiladigan 8 fevral oqshomiga qadar o'z safiga qo'shib olmoqchi edi. Bugungi voqealardan keyin Bobir ko'p ehtimol bilan “Ordobasi” tarkibida qolsa kerak...

Turk futbolidagi eng katta nomlardan biri, “Barselona”ning sobiq futbolchisi Arda Turan zilzila oqibatlarini bartaraf qilish, vayronalar ostida qolgan insonlarni qutqarish uchun butun dunyodan yordam so'radi. Ayni paytda jahonning eng mashhur klublari turk xalqiga o'z hamdardligini bildiryapti.

O'zbekiston hukumati ham fojiaga befarq qolmadi. Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning topshirig'iga binoan Turkiyaga insonparvarlik yordami, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3ta avariya-qutqaruv texnikasi yuborilar ekan.

Umid qilamizki, tez orada qurbonlar soni ortishdan to'xtaydi.

Muallif :
Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика