So’nggi yangiliklar

14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  51

Turinda nomlar janggi, Dortmundda 100% futbol Yangiliklar

Turinda nomlar janggi, Dortmundda 100% futbol

"Yuventus" "Barselona"ni yana chorak finalda to'xtashga majbur qiladimi? Yoki kataloniyaliklar turinliklarning zanjirband himoyasini yorib o'tishga qodirmi?

Ushbu savollarga bugun qisman javob olsak ajab emas.

O'tgan yilgi mavsumda "Yuventus" o'z yurishini nimchorak finalda, "Barselona" esa chorak finalda tugatishga majbur bo'lgandi.

Joriy mavsumda esa ularning maqsadlari yuqori va ular bo sovrinni qo'lga kiritishni o'z oldilariga vazifa qilib olishgan.

Nimchorak finalda "Yuventus" "Portu" qarshiligini engishda muammolarga duch kelmadi. "Barselona" esa aksincha, o'z oldida turgan juda katta muammoni echimini topishga erishdi va ajoyib "kambek" orqali butun dunyo futbol jamoatchiligini lol qoldira oldi.

Bu kabi muvaffaqiyatli uchrashuvdan keyin "Barselona"ning ishtahasi yanada ochilgani shubhasiz. Endilikda jamoa faqat bosh sovrin haqida qayg'urmoqda. Luis Enrike mavsum tugagach jamoani tark etishini rasman elon qildi. Buyog'iga futbolchilar Enrikeni chiroyli tarzda kuzatib qo'yish maqsadida ham ECHLni bosh maqsad qilishgan.

"Barselona"ning La Ligadagi ishlari u qadar tekis ketmayapti. SHu boisdan ham jamoa bor etiborini eng nufuzli turnirga qaratishga majbur.

"Yuventus"da esa biroz boshqacha holat. Jamoa Italiya A Seriyasida navbatdagi chempionlik uchun dadil qadam tashlamoqda. Turinliklarning asosiy maqsadi va bor etibori ECHLda ham muvaffaqiyat qozonishga qaratilgani hech kimga sir emas. "Yuventus" tiffozilari uchun skudetto yoqimli sovrin, ammo ular uzoq tanaffusdan keyin ikki qulog'li kubokni ham boshlari uzra baland ko'tarishmoqchi. Rahbariyat ham aynan shu maqsadda mavsum avvalida jamoaga o'tkir nayzali hujumchi Gonsalo Iguainni jalb etdi. Bu harid hozircha o'zini oqlamoqda. Gonsalo Iguain yangi jamoasida gol urishni unutib qo'ygani yo'q va argentinalik forvardning samaradorligi havas qilarli darajada. Paulo Dibala, Mario Manjukich kabi futbolchilarning borligi Allegriga qo'shimcha imkoniyat bag'ishlaydi. Massimiliano Allegri ushbu uch xil tipdagi hujumchi orqali istalgan yo'nalishda raqibning ojiz nuqtalarini bezovta qilishi mumkin.

Gap hujum chizig'i haqida ketganda, albatta "Barselona"ning mashhur "uchligi"ni alohida etirof etmoq lozim. Ammo Messi-Suares-Neymar "trio"siga ortiqcha tarif berish shart emas. "Barselona"ning eng kuchli tarafi va ishongan tog'lari ham aynan shu futbolchilar. "Yuventus"ning ham hujum chizig'i chakki emas. Undagi nomlar ham jarangli. Dibala hamda Messining o'zaro to'qnashuvi, Iguain va Suaresning qarama-qarshiligini kuzatish qiziq bo'lishi aniq.

"Yuventus" va "Barselona"ning ajratib turadigan bir jihat, bu jamoalarning himoya chizig'i vakillari. Gap mudofaa qizig'i haqida ketadigan bo'lsa, unda beixtiyor turinliklarning "devori" baquvvat ekanligini takidlay olamiz. Bejizga jamoa ECHLdagi 8ta o'yinning 6tasini "quruq" o'tkazgani yo'q. Bu ko'rsatkich borasida "Yuventus" yaqqol peshqadam.

"Barselona"ning eng kuchsiz tarafi esa bu himoya. Kataloniyaliklarning yarim himoya chizig'ida ham "Yuventus" singari muammolar etarli. Bu borada balans bir xil. Asosiy farqi shuki, "Yuventus" himoya bobida ulardan ustun. "Barselona" esa hujumdagi nomlar jihatdan qo'rqinchliroq. Lekin "Yuve"ning hujumchilari va Allegri hozirda joriy qilgan 3-1 ko'rinishidagi hujumkor taktik sxemasida Manjukich, Dibala, Kuadrado hamda Iguain bir vaqtning o'zida boshlang'ich tarkibdan joy olishmoqda. Bu esa har qanday raqibni dovdiratib qo'yishi mumkin.

Luis Enrike asosan 4-3-3 taktikasidan foydalanadi. "Barselona"ga g'alaba juda zarur bo'lgan vaqtlarda esa Enrike 3-4-3 taktik sxemasini ishga tushiradi. Bu ikki taktik sxemada ham "Barselona"ning himoyasida bo'sh hududlar mavjud bo'ladi. "Yuventus" esa 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanmoqda. Turinliklar raqibga o'z jarima maydonchalari oldida bo'sh hududlar qoldirmaslikka harakat qilishadi va buni ular qoyilmaqom tarzda uddalay olishadi. Bu borada himoyachilarga Xedira "buzg'unchi" rolida yaqindan ko'maklashadi. Pyanich esa Dibala orqali jamoaning hujumlarini qurishda asosiy figura sanaladi. "Barselona"dagi qora mehnat ishchisi Buskets esa diskvalifikaciya tufayli Turindagi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu esa Luis Enrike uchun haqiqiy bosh og'riqni taqdim etadi. SHundoq ham yarim himoyadagi kemtiklarni yopishda muammolarga duch kelayotgan "Barsa" uchun bu yo'qotish o'z tasirini ko'rsatmay qolmaydi.

Allegri esa bir qator rotaciyalar orqali jamoani ushbu muhim o'yinga yo'qotishlarsiz olib kelishga muvaffaq bo'ldi. Bunda jamoaning ichki chempionatdagi mavqei ham sabab bo'ldi. Turnir jadvalidagi qulay holat evaziga Allegri tarkib borasida tavakkal qilishga majbur bo'lmadi.

“Yuventus” – “Barselona” to'qnashuvida barcha masala “Kamp Nou”dagi o'yinda hal etiladi. Bugungi bahsda esa “Barselona”ning imkoniyatlari pastroq. Turinda “Yuventus”ni taslim etish bu amalga oshirilishi qiyin bo'lgan ish. PSJga qarshi bahsdan keyin “Barselona” barcha ishni uddalay olishini isbotladi. Ammo “Yuventus” bu PSJ emas. SHuni unutmagan maqul.

Narigi juftlikda futbol ishqibozlarini chiroyli va ochiq futbol kutayotgani aniq. Dortmundda bugun 100% futbol namoyish etiladi. Tomas Tuxel ham, Leonardu Jardim ham hujumkor futbol tarafdorlari hisoblanishadi. "Monako"ning yosh istedodli, iqtidorli futbolchilari nimalarga qodir ekanligini barcha ko'rdi. "Manchester Siti" hamda Pep Gvardiolaga "master-klass" ko'rsatgan Jardimning "Monako" nomli "qo'shini"dan hozirda barcha hayiqmoqda. Bunga esa ularning ajoyib o'yinlari va tajovuzkor hujumlari sabab.

Kilian Mbappe, Radamel Falkao, Fabino, Bernardu Silva kabi futbolchilari ayni paytda o'zining eng yuqori sport formasida, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ayniqsa Kilian Mpabbening jozibador o'yinlari barchada birdek iliq taassurot qoldirmoqda.

"Borussiya" esa ECHLning katta o'yinlarida ishtirok etish tajribasiga ega. Jamoa tarkibi ham tajribali va yosh istedodli futbolchilar bilan boyitilgan.

Dortmundliklar etakchisi Marko Roysning ushbu bellashuvda qatnashishi hozircha so'roq ostida turibdi. Futbolchi jamoa mashg'ulotlariga ishtirok etdi va Tomas Tuxel oxirgi daqiqalarda yakuniy qarorni qabul qilishini matbuot anjumanida malum qildi.

Bu to'qnashuvda muxlislar zerikib qolmasliklari kafolatlanadi.

"Signal Iduna Park"da "Borussiya"ning imkoniyatlari yuqoriroq. Lekin har ikkala jamoa hujumga asoslangan futbol o'ynashlari va ularning eng ojiz nuqtalari himoya ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, bu juftlikda barcha narsa ruy berishi mumkin. SHunisi aniqki, ushbu bahs gollarga boy bo'ladi.


ECHL, chorak final.

Dastlabki o'yinlar.

"Yuventus" - "Barselona"

Bosh hakam: Simon Marsinyak (Polsha)

"Yuventus": Buffon; Dani Alves, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro; Pyanich, Xedira; Kuadrado, Dibala, Mandjukich; Iguain.

O'ynamaydi: Pyaca (tizza)

Diskvalifikaciya xavfida turgan futbolchi: Kuadrado

"Barselona": ter Stegen; Serxi Roberto, Pike, Yumtiti, Jordi Alba; Rakitich, Maskerano, Iniesta; Messi, Luis Suares, Neymar.

O'ynamaydi: Buskets (diskvalifikaciya), Rafinya (tizza), Alesh Vidal (to'piq), Arda Turan (son).

Diskvalifikaciya xavfida turgan futbolchilar: Neymar, Pike, Rakitich


"Borussiya" Dortmund - "Monako"

Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya)

"Borussiya": Byurki; Pishhek, Papastatopulos, Bartra, SHmelcer; Vaygl; Dembele, Kagava, Pulishich, Gerreyru; Obameyang.

O'ynamaydi: Getce (shamollagan), SHyurrle (jarohat), Durm (mushak)

So'roq ostida: Roys (orqa mushak soni)

Diskvalifikaciya xavfida turgan futbolchilar: Gerreyru, SHmelcer

"Monako": Subashich; Fabino, Radji, Glik, Mendi; Moutinyu, Silva, Lemar; Mbappe, Falkao, Jermen.

O'ynamaydi: Bakayoko (diskvalifikaciya), Sidibe (ko'rchak), Boskilya (to'piq), Karrilo (pax)

Diskvalifikaciya xavfida turgan futbolchilar: Fabino, Jemerson, Jermen, Sidibe.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика