Turan: "Barselona" CHempionlar ligasini ketma-ket ikki marotaba yutgan birinchi jamoa bo'lmoqchi"
20 jan 2016 12:12
Yangiliklar


Turan: "Barselona" CHempionlar ligasini ketma-ket ikki marotaba yutgan birinchi jamoa bo'lmoqchi"
"Barselona" futbolchilari ketma-ket ikkinchi marotaba CHempionlar ligasida g'alaba qozonmoqchi.
"Biz yana bir bor CHempionlar ligasini yutishni istaymiz. Bu mavzuni juda ko'p muhokama qilamiz. Biz CHempionlar ligasini ketma-ket ikki marotaba yutgan birinchi jamoa bo'lmoqchimiz.
"Atletiko" va "Real" o'rtasidagi CHempionlar ligasini eslaydigan bo'lsak, rosa yig'laganman va o'yinni oxirini boshqa tomosha qilmadim" - deydi Turan.
Ikki Madrid jamoalari 2013/14 mavsumda CHempionlar ligasi finalida to'qnash kelgan. "Atletiko" 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edi, ammo bahsning so'nggi daqiqalarida "Real" hisobni tenglashtiradi va qo'shimcha bo'limlarda g'alabani ilib ketadi (1:4).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar