So’nggi yangiliklar

11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  1 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  0 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  2 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8

Tungi klubdan UFC oktagonigacha…Tomirida Xitoy qoni oqayotgan UFC'dagi eng yaxshi bokschi – Petr Yan haqida Yangiliklar

Tungi klubdan UFC oktagonigacha…Tomirida Xitoy qoni oqayotgan UFC'dagi eng yaxshi bokschi – Petr Yan haqida

Teglar :  UFCPetr Yan
Petr Yan haqida nimalarni bilamiz?

Kelayotgan dam olish kuni Petr Yan amerikalik Aljameyn Sterling bilan revansh jangi o'tkazadi. Quyidagi materialimizda rossiyalik jangchining bolaligi, shaxsiy hayoti va albatta Tailandga bo'lgan muhabbati haqida so'z yuritamiz.

Petr Yan. Rossiyaning UFC'dagi eng yaxshi jangchisi. Petr 1993 yilda Krasnoyarsk o'lkasining qishloqlaridan birida dunyoga kelgan. Bo'lajak sport yulduzining 3 nafar akasi va 4 nafar singlisi bor edi. 

«Mening onam afsonaviy ayol. U ajoyib ish qildi: sakkiz nafar farzandini katta qildi, hech kimni bolalar uyiga bermadi. Barchamizni yaxshi tarbiyaladi. Oilamizda hech kim ichmaydi, chekmaydi, hammaning oilasi bor», - dedi jangchi Match TV kanaliga bergan intervyusida.


Sportga etaklagan kamsitish

Krasnoyarskning 50 darajadan past bo'lgan sovuq iqlimi Petrni chidamli qildi. Keyinchalik – Petr 12 yoshga to'lganida oilasi bilan Dudinkaga ko'chib o'tgan. Uning otasi tomonidan bobosi xitoylik bo'lgan, buvisi gruzin, onasi va uning qarindoshlari esa rus. Yan ota-bobolariga hurmat ko'rsatadi, lekin ko'plab intervyularida rus pravoslavi ekanligini takidlagan. Bolakay o'zining noodatiy familiyasi tufayli maktab bolalarining doimiy kamsitishi va haqoratlariga duchor bo'lgan edi. O'zini himoya qilish istagi uni boks (bundan avval u taekvondo, futbol, kurash va hatto gimnastika sekciyalariga borgan) bilan shug'ullanishga undadi.

O'sha vaqtlarda u ko'cha janglarida qatnashgan, uyiga ko'karishlar va jarohatlar bilan kelgan. Uning charchamas kuchini sarflaydigan joyi yo'q edi – qishloqda bolalar to'garaklari va bo'limlari bo'lmagan. Dudinka shahriga ko'chib o'tganidan keyin hamma narsa o'zgardi.

«Men ikkinchi smenada o'qidim, shuning uchun boshqa ishlar bilan shug'ullanishga muvaffaq bo'lganman», - deya xotirlaydi sportchi.

Oxir-oqibat yigit boksni tanladi. Bolaligidagi kumiri – Kostya Czyuning shon-shuhrati Petrni qatiy harakatga undadi. 

Nikolay Nikolaevich Surjinov Yanning qobiliyatini darhol qadrlab, uning birinchi murabbiyi bo'ldi.

«Aynan u menga 9-sinfdan keyin Omskga ko'chib o'tishimni va boks bo'yicha sport ustasi, butun dunyoning ajoyib sportchilarini tarbiyalagan istedodli pedagog Yuriy Vladimirovich Demchenko bilan o'qishni davom ettirishimni maslahat berdi», - degan edi Yan intervyularining birida. Demchenko vokzalda 15 yoshli o'smir bilan shaxsan uchrashdi va uni sport maktabiga tayinladi. Petr u erda 2 yil o'qiganidan keyin, Sibir davlat jismoniy tarbiya va sport institutiga o'qishga kirdi. Talaba tirikchilik qilish uchun Omskdagi mashhur...


Materialning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > Tungi klubdan UFC oktagonigacha…Tomirida Xitoy qoni oqayotgan UFC'dagi eng yaxshi bokschi – Petr Yan haqida

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика