Trezege murabbiy bo'lish maqsadida "Yuventus"ni tark etdi
01 iyu 2021 18:47
Yangiliklar
Trezege murabbiy bo'lish maqsadida "Yuventus"ni tark etdi
Franciya TJning sobiq hujumchisi David Trezege murabbiylik faoliyatini boshlash niyatida.
43 yoshli francuz iyun oyi oxirida "Yuventus" elchisi sifatidagi ishini yakunladi.
GFFN xabar berishicha, Trezegening Turin klubini tark etishiga sabab — u sport direktori yoki murabbiy bo'lishni xohlayapti. U 1-liga, A seriya yoki La liga klublaridan birida ish boshlashi mumkin.
Trezege 2018 yilda "Yuventus" elchisi sifatida tanishtirilgan edi. Futbolchilik paytida 2000 yildan 2010 yilgacha aynan shu klub safida to'p tepgan.
Fikrlar