Trent jarohatidan tiklandi
19 iyu 2021 21:16
Yangiliklar
Trent jarohatidan tiklandi
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jarohatidan tiklandi. Futbolchi o'zini yaxshi his qilmoqda.
"O'zimni yaxshi his qilyapman hamda umumiy guruhda mashg'ulotlar o'tkazishga tayyorman. Tezroq jamoaga qaytishni istardim, ammo qarorni murabbiy va tibbiyot xodimlari qabul qiladi. Nima bo'lgan taqdirda ham, futbol o'ynashga tayyorman", — dedi Trent.
Eslatib o'tamiz, Aleksander-Arnold Angliya terma jamoasi tarkibida Evro-2020'ga borishi kerak edi, ammo musobaqa boshlanishidan oldinroq jarohat oldi.
O'tgan mavsumda futbolchi Premer-ligada 36 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urgan hamda etti golga uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar