Transfermarkt va Championat.Asia Superligada sentyabr oyining eng yaxshilarini aniqlashdi
02 okt 14:00
Yangiliklar
Transfermarkt va Championat.Asia Superligada sentyabr oyining eng yaxshilarini aniqlashdi
So'rovnomada Championat.Asia sayti jurnalistlari, Transfermarkt portalining rus bo'limi xodimlari ishtirok etishdi. Ekspert sifatida O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq himoyachisi Baxtiyor Ashurmatov taklif etildi.
Ovoz berish natijalariga ko'ra, "Dinamo" vakili Anvar Hojimirzaev eng yaxshi futbolchi deb topildi. U 3 ta o'yinda 3 ta gol urdi. 29 yoshli futbolchi faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazmoqda: u "Dinamo" tarkibida 19 ta o'yinda "gol+pas" tizimi bo'yicha 9+1 ball to'pladi. Hojimirzaev 32% ovoz oldi, ikkinchi o'rinni "Nasaf" yarim himoyachisi Javohir Sidiqov (26%), uchinchi o'rinni "So'g'diyona" vingeri Vladimir Yovovich (21%) egalladi.
Sentyabr oyida Superligada eng yaxshi murabbiy deb Ilyos Zeytullaev tan olindi. Uning qo'l ostida "Bunyodkor" ikkita o'yinda g'alaba qozondi ("Dinamo" 3:2 va "Surxon" 1:0), bundan tashqari chempionat peshqadami "Nasaf" bilan durang o'ynadi (2:2). Zeytullaev 42% ovoz to'pladi va "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdievni (36%) ortda qoldirdi.
Fikrlar