Transferlar oynasi yopilganidan keyin Ikardi "Inter" bilan shartnomasini uzaytiradi
28 iyu 2018 00:47
Yangiliklar
Transferlar oynasi yopilganidan keyin Ikardi "Inter" bilan shartnomasini uzaytiradi
"Inter"ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi transferlar oynasi yopilganidan keyin jamoasi bilan shartnomasini uzaytiradi.
"Football Italia" xabariga ko'ra, futbolchi 2023 yilga qadar "neradzurri"lar sharafini himoya qiladi. Yangi shartnomaga ko'ra, u yiliga 7,5 mln evro maosh oladi. SHu orqali u A Seriyadda eng ko'p maosh oladigan futbolchilardan biriga aylanadi.
O'tgan chempionatda Mauro 29 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi. SHu bilan u jamoasining ECHLga qaytishida katta yordam berdi.
Fikrlar