So’nggi yangiliklar

10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  0 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  4 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  2 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  6 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  2 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  13

Transferlar: Bugungi qaynoq xabarlar Yangiliklar

Transferlar: Bugungi qaynoq xabarlar

Championat.asia sizni Evropa matbuotida chiqyotgan transfer xabarlari bilan tanishtirishda davom etadi.
Etiboringizga bugungi yangiliklarni taqdim etishni lozim topdik. Marxamat, amalga oshadigan va oshishi mumkin bo'lgan transfer yangiliklari bilan tanishib oling.

Jordan Ayyu "Sosho" nishonida
"Sosho" jamoasi "Olimpik" Marsel forvardi Ayyu hizmatlariga extiyoj sezmoqda. Ganalik xujumchi namoyish etayotgan o'yin "Sosho" rahbariyatiga maqul kelgan. SHu boisdan jamoa uni qishdayoq qo'lga kiritish niyatida. Ammo marselliklar Ayyuni qo'yib yuborishlariga ishonish qiyin. SHunga qaramasdan "Sosho" yanvarda Jordan Ayyuga rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Ter SHtegen uchun kurashga "Arsenal" va "Yuventus" ham qo'shilishdi
Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi darvozaboni Mark Andre ter SHtegenni ancha vaqtdan buyon Evropaning bir qator grand jamoalari o'z saflarida ko'rish niyatidalar. Bu kurashda "Barselona"ning imkoniyatlari yuqoriroq baholanayotgan edi. Ammo so'nggi xabarlarga asoslanib aytishimiz mumkin-ki, ter SHtegen uchun kechayotgan kurashda "Barsa"ga oson bo'lmaydigan ko'rinadi. Boisi ushbu kiper xizmatlaridan "Arsenal" va "Yuventus" jamoalari ham foydalanishmoqchi. "To'pchilar"ga muqim darvozabon etishmayotgan bo'lsa, "Yuve" Buffon uchun voris izlamoqda. Ko'rinib turibdiki, ter SHtegen uchun kurash borgan sari qizib bormqoda. Bu kurashda omad qaysi jamoaga kulib boqar ekan…

"Real Madrid" Paulinyoga "sovchi" yubormoqchi
"Real"ga Angliya poytaxtidan futbolchi sotib olish yoqib qolgan ko'rinadi. Garet Beyl va Luka Modrich kabi o'yinchilardan so'ng "qirollik klubi" "Tottenxem"dan yana bir futbolchi xarid qilish niyatida. Bu safar "Real" nishonida - Paulinyo. Madridliklar Paulinyoga yanvardayoq taklif bilan chiqishni mo'ljallab turishibdi.

"Fiorentina" Nemanya Vidichni olib kelmoqchi
Fiorentinaliklar ishonchli o'yin ko'rsatuvchi himoyachiga extiyoj sezishmoqda. Italyanlar jamoani kuchaytirish uchun Nemanya Vidichni sotib olishmoqchi. "Man Yunayted" safida bir necha yillardan buyon yuqori saviyali o'yin namoyish etib kelayotgan Vidich faoliyatini Italiyada davom ettirishga rozi bo'lishi nomalum. Boisi u faoliyatini, aynan, "Manchester Yunayted" safida yakunlashni istashini aytib o'tgan edi. Lekin jamoada murabbiy o'zgarganini inobatga olsak, har qanday vaziyat yuz berishi mumkin.

Lamela hamda Mata endi "Inter"ga o'tishadimi?
Italiyaning mashxur "Corriere dello Sport" nashri tarqatgan oxirgi malumotlarga qaraganda, "Inter" Xuan Mata hamda Erik Lamelani sotib olishga jiddiy kirishdi. Jamoa sport direktori Ausilio ayni paytda Londonda bo'lib turibdi. U nima qilib bo'lsa-da ushbu ikki futbolchini Milanga olib ketmoqchi.

Grizman "PSJ"ni tanlagan ko'rinadi
"Real Sosedad" jamoasida ajoib o'yin ko'rsatayotgan Antoni Grizman oxir-oqibat Franciya poytaxtiga ko'chib o'tadiganga o'xshaydi. Futbolchi tatil kunlaridan unumli foydalanish maqsadida Parijga keldi va "PSJ" mashg'ulotlarini kuzatdi. Malumotlarga qaraganda, Grizman "PSJ"ga yozda o'tadi. Uning taxminiy transfer narxi 30 million evroni tashkil etadi.

"Borussiya D" Levandovskiga o'rinbosar topdi
Dortmundning "Borussiya" jamoasi yozda jamoani tark etadigan Robert Levandovskiga o'rinbosar topdi. "Sariq-qoralar"ning etibori yosh serb xujumchisiga tushdi. "Anderlext" safida to'p tepayotgan Aleksandar Mitrovich Yurgen Klopga yoqib qolgan. Xatto "Borussiya" skautlari Mitrovichning o'yinini kuzatish uchun "Anderlext" stadioniga ham tashrif buyurishdi. Katta extimol bilan Aleksandar Mitrovich yozda Dortmundga ko'chib o'tadi.

Kasper Slot Germaniyaga ko'chib o'tadi
"bold.dk" internet portali tarqatgan xabarga ko'ra Kasper Slot bundesligaga ko'chib o'tishga yaqin turibdi. 21 yoshli Daniyalik futbolchi harakatlari "Gannover" va "Volfsburg" kabi jamoalarga yoqib qolgan. Ushbu dat o'g'lonining transfer narxi bir million evro atrofini tashkil etadi. Yosh yarim himoyachining qishdayoq nemis jamoalaridan biri bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Zoxirjon Akramxonov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика