Transfer narxi 100 milliondan ziyod futbolchi yozda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tadi
10 jan 2024 08:05
Yangiliklar
Transfer narxi 100 milliondan ziyod futbolchi yozda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tadi
“Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen yozda jamoasini o'zgartiradi. Bu haqida Xvicha Kvaracxeliyaning agenti Mamuka Jugeli malum qildi.
“Viktor “Napoli” bilan shartnomasini uzaytirganga qaramay, u Italiyada uzoq qolmaydi. U yozda Saudiya Arabistoning qaysidir jamoasiga o'tadi. “Napoli” hujumchisi bilan uzoq yangi shartnoma imzoladi va uning oyligini oshirib berdi. Biroq bu ham uni jamoada saqlab qolish uchun etarli bo'lmaydi”,-dedi Xvicha Kvaracxeliyaning agenti.
Malumot uchun, Osimxen neapoliklar safiga 2020 yilda kelib qo'shilgandi. Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 8 ta gol va 3 ta golga assist qayd etgan. Uning amaldagi jamoasi bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi taxminan 110 million evroga baholanmoqda.

O’xshash yangiliklar
14:30
Ravshan Haydarov: "Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman" 8
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar