Tojikiston superkubogi Davron Mirzaev jamoasida!
26 mar 2014 19:28
Yangiliklar

Tojikiston superkubogi Davron Mirzaev jamoasida!
Dushanbening “Istiqlol” klubi bir hafta ichida ikkita nufuzli sovrin sohibiga aylandi.
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Davron Mirzaev 12 mart kuni Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi bilan shartnomaga imzo chekib, 15 mart kuni Toshkent-Almati-Dushanbe yo'nalishi bilan yangi jamoasi safiga yo'l olgandi.
O'tgan bu vaqt oralig'ida o'zbekistonlik 25 yoshli hujumchining yangi klubi ikkita sovrin sohibiga aylanishga muvaffaq bo'ldi.
19 mart kuni “Istiqlol” Tojikiston futbol federaciyasi kubogi finalida “Xayr” (Vaxdat) ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. (1-4-suratlar)
Tojikiston futbol federaciyasi kubogi
Tojikiston superkubogi
Kecha, 25 mart kuni esa “Istiqlol” mamlakat kubogining 2013 yilgi sohibi sifatida amaldagi chempion – “Ravshan” (Kulob) bilan Tojikiston superkubogi uchun Dushanbedagi Markaziy stadionda 18 ming ishqiboz ko'z o'ngida maydonga tushdi. O'yin Davron Mirzaev jamoadoshlarining to'liq ustunligida o'tdi va ular 5:0 hisobida g'alabaga erishishdi.
Superkubokni g'oliblarga Tojikistonga tashrif buyurgan FIFA prezidenti Yozef Blatter topshirdi. (5-6-suratlar)
Yuqorida aytib o'tilgan ikkala hal qiluvchi uchrashuvlar juda chiroyli tashkil etilganligini takidlab o'tish joiz. “Istiqlol”ga oltin va “Ravshan”ga tekkan kumush medallaru sovrinlar haqiqatdan ham tantanali tarzda tuhfa etildi: “Istiqlol” sardori Dilshod Vosiev sovrinni boshi uzra ko'targanda, britaniyalik taniqli Queen rok-guruhining mashhur “We Are the Champions!” (“Biz chempionmiz!”) qo'shig'i sadolari ostida havoga daryo-daryo rang-barang konfettilar otildi.
Buni quyidagi suratlar ko'rsatib turibdi.

Fikrlar