Tojiev "Buxoro" bilan shartnoma tuzdi, Ponamaryov ko'rikda
07 fev 2015 16:59
Yangiliklar

Tojiev "Buxoro" bilan shartnoma tuzdi, Ponamaryov ko'rikda
“Buxoro” poytaxtdagi yig'inda juda ko'plab futbolchilarni sinovdan o'tkazib olyapti.
Kecha jamoani ikki legioner tark etgani haqida xabar bergan edik. Ulardan biri jarohat tufayli, ikkinchisi esa murabbiylarga maqul bo'lmaganligi sababli jamoani tark etdi.
Kuni-kecha jamoa bilan tajribali hujumchi Zayniddin Tojiev kelishuvga erishdi va rasman, “Buxoro” futbolchisi sifatida kelasi mavsumni boshlaydi.
Oliy ligada "Akademiya", "Paxtakor", "Lokomotiv", "SHo'rtan", "Neftchi", “Dinamo” kabi klublar sharafini himoya qilgan katta Tojiev,qator nazorat uchrashuvlaridan so'ng murabbiylarda iliq taassurot qoldira oldi.
Yakunlangan mavsumda "Dinamo" tarkibida o'ynagan hujumchi 25ta uchrashuvda 2ta gol urdi.
Jamoa yana bir tajribali himoyachi bilan deyarli kelishuvga erishib bo'ldi. Mavsumni “Neftchi”da yakunlagan Vyacheslav Ponamaryov hozirgi kunda “Buxoro” mashg'ulotlarida qatnashib kelmoqda. Uning hatti-harakatlari murabbiylarga maqul kelmoqda. Ponamaryov juda katta ehtimol bilan yangi mavsumni “Buxoro”da boshlaydi.

Fikrlar