So’nggi yangiliklar

21:08*"Фенербахче" Нкункуни сотиб олиши мумкин  0 20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  1 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  1 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  18 19:07Эшитдик-да! "Сўғдиёна" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  4 18:51ФИФА ЖЧ-2026 чипталарига бўлган талаб бўйича рекорд ўрнатилганини маълум қилди  1 18:25Вадим Абрамов: "Биз биринчи ўринни эгаллашимиз ҳам мумкин эди"  10 17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  9 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0 16:34"Андижон" 7 январь куни Туркияга йўл олади  5 16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  9 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  2 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  6

Tovon puli... Yangiliklar

Tovon puli...

Futbolchining shartnomasidagi tovon pulini to'lay olsangiz, uni olib ketaverasiz.

Sizga yoqadimi, yo'qmi, uyog'iga kechirib qo'yasiz. Hujjatda shunday belgilangan. Qoidasi shunaqa!

"Barselona" taslim bo'ldi" degan jumla bazilarga xush kelmadi. Ammo vaziyat chindan ham shunday ediku!

Bazilar amalga oshishini xohlagan, yana bazilar chin dildan bunday bo'lmasligiga ishongan transfer - Neymar PSJga o'tdi.

"Barselona" o'z etakchisini sotishni istamagani ham, oxirigacha uni jamoada olib qolishga uringani ham bor gap-ku?!

SHu o'rinda, ko'pchilikda "Nega "Barselona" shartnomadagi "tovon puli" degan joyga bor yo'g'i 222 million evro deb belgilab qo'ygan?", degan savol tug'ildi. Bu chindan ham qiziq holat. To'g'ri, 222 million ham kichik summa emas va bu pulga nimalar sotib olsa bo'lishini avvalroq hamkasbim Jasur Aslanov sanab o'tgandi. Ammo, lekin, biroq... Dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deyiladigan Neymar uchun kam emasmidi bu narx?

Mana shu sabab bo'ldi va biz Ispaniyaning boshqa bir klubi - "Real Madrid" o'z futbolchilari bilan shartnoma tuzayotganda qanday tovon puli belgilaganiga qiziqdik. Va ishonamizki, bu raqamlar sizni ham befarq qoldirmaydi.

Demak, quyidagi bazi futbolchilarning shartnomalaridagi tovon pulini etiboringizga havola etamiz.     


Tovon puli:

Ronaldo - 1 milliard evro
Benzema - 1 milliard evro
Modrich - 500 million evro
Beyl - 500 million evro
Xames - 500 million evro
Sebalos - 500 million evro
Kroos - 300 million evro
Neymar esa 222 mln...

Bu bilan "Qirollik klubi" nafaqat o'ta ehtiyotkorona siyosat olib borganini ko'rishimiz mumkin, balki klub ortiqcha gap so'zga o'rin qoldirmay, "bizga kerak futbolchini, o'zimiz istamasak, sotib ololmaysiz" qabilida ish ko'rgan.

Xulosa o'zingizdan, endi bu haqida gapirishdan foyda yo'qligi ham tushunarli, ammo...

O'sha 222 raqamlarni 555 yoki shunga yaqinroq qilib yozsa nima bo'lardi?


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика