Tottining tuzalish jarayoni dekabrning o'rtalarigacha cho'ziladi
05 noy 2013 17:35
Yangiliklar


Tottining tuzalish jarayoni dekabrning o'rtalarigacha cho'ziladi
“Roma” klubi hujumchisi va sardori Franchesko Tottining jarohatdan tiklanish jarayoni belgilangan muddatdan o'tib ketadiganga o'xshayapti.
Italiya OAVning xabariga ko'ra, futbolchi dekabr oyining boshlarida safga qayta olmasligi mumkin. SHunday qilib Totti 8 dekabr kuni bo'lib o'tadigan “Fiorentina”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi aniq bo'lib turibdi. Biroq futbolchi 15 va 22 dekabr kunlari “Milan” va “Kataniya”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlarda maydonga tushishi mumkin.

Fikrlar