Totti “Roma” ustozini maqtadi

10 dek 2019, 07:58
Franchesko jamoaning yangi ustoziga ishonmoqda.

“Meni Fonsekaning qilayotgan ishlari qoniqtirmoqda. Hozir jamoada yaxshi davr. Paulu ishga ko'nikdi va u nima qilishi kerakligini yaxshi tushunib oldi. U jamoaga pozitiv kayfiyat va energiya taqdim qilmoqda. Hatto maydonda bazi muammolar bo'lsa ham. “Roma” to'g'ri yo'lda ekanligi haqida o'ylagim kelmoqda. “Roma” Yevropaning eng kuchli jamoalari qatorida bo'lishi kerak”, - deydi Franchesko Totti.

Ma'lumot uchun, Paulu Fonseka 2019 yil yozida “Shaxtyor”dan “Roma” boshqaruviga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia