"Totti" "Lacio"ning chempionlik imkoniyatlarini baholadi

Alisher
24 apr 2020, 17:37
Sobiq futbolchi Franchesko Totti "Lacio"ning A Seriyadagi chempionlik imkoniyatlarini baholadi.

Totti bir necha bor "Roma" libosida "Lacio"ga qarshi o'ynagan.

"Menga qarshi o'ynagan "Lacio" futbolchilari ichidagi eng zo'ri Alessandro Nesta edi. U "Lacio" ramzidir, shaxsan men uchun Nesta dunyoning eng kuchli himoyachilaridan biri.

"Lacio" va Indzagi hozirda ajoyib taassurot qoldirmoqda. Agar ular mahoratlarini saqlab qolishsa va jarohatlardan holi bo'lishsa, ular chempion bo'lishadi", - deydi Totti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/francescototti