Totti 9 oydan so'ng komadan chiqqan "Lacio" futbolchisini yo'qlab bordi
28 sen 2020 21:14
Yangiliklar


Totti 9 oydan so'ng komadan chiqqan "Lacio" futbolchisini yo'qlab bordi
"Roma" sobiq sardori Franchesko Totti kasalxonada bo'lib turgan "Lacio" ayollar jamoasi azosi Ilena Matillini ko'rgani bordi.
Qiz o'tgan yilning dekabr oyida avtohalokat natijasida og'ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.
20 yoshli sportchi to'qqiz oyni komada o'tkazdi. Fojia haqidagi malumot Tottiga etib bordi va u videomurojaat yo'lladi.
"Lacio"da o'ynagan, ammo "Roma"ga muxlislik qilgan Matilli yaqinda ancha vaqtdan keyin komadan chiqdi.
Totti bugun ertalab futbolchining holidan xabar olish uchun kasalxonaga tashrif buyurdi. U esa afsonani "Roma" libosida qarshi oldi. Totti qiz bilan bir soatcha suhbatlashdi va qiz to'liq sog'aygach, uni kechki ovqatga taklif qilishga vada berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar