"Tottenxem"ning bo'lajak bosh murabbiyi ma'lum

Alisher
1 noya 2021, 16:04
Italiyalik murabbiy Antonio Konte tez orada "Tottenxem"ni qabul qilib oladi.

Insayder Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 52 yoshli mutaxassis bugun "shporlar" bilan shartnoma imzolash uchun Londonga uchib ketadi.

Konte joriy yilning mayida "Inter"dan ketgandi. U milanliklar bilan birga Italiya chempionatida g'olib chiqdi.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" bundan sal oldinroq Nunu Eshpiritu Santuni iste'foga chiqardi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio