"Tottenxem"ni ukrainalik murabbiy boshqarishi mumkin
29 may 2021 22:22
Yangiliklar
Agar Maurisio Pochettino PSJdan klubga qaytishni rad etsa, "Tottenxem" "Ferencvarosh"ning ukrainalik murabbiyi Sergey Rebrovning nomzodini ko'rib chiqadi.
Rebrov 25 yildan so'ng Vengriya jamoasini CHempionlar Ligasiga qaytardi. Mutaxassis 2018 yildan buyon "Ferencvarosh" ustozi hisoblanadi. Bungacha u Ukraina klublari va Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasida ishlagan.
2021 yil aprelda Joze Mourinyu istefoga chiqarilganidan buyon "Tottenxem"ni 29 yoshli Rayan Meyson vaqtinchalik boshqarib turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar