"Tottenxem" "Vulverxempton" himoyachisi Koudiga qiziqmoqda
02 avg 2021 17:38
Yangiliklar
"Tottenxem" "Vulverxempton" himoyachisi Koudiga qiziqmoqda
"Tottenxem" "Vulverxempton" himoyachisi Konor Koudi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
London klubi yaqin vaqtlarda ehtimoliy transferni muhokama qilish uchun "bo'rilar" rahbariyati bilan bog'lanadi.
Transferga 4 yil davomida "Vulverxempton"da ishlagan "Tottenxem" yangi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santuning shaxsan o'zi qiziqmoqda. Portugaliyalikning qo'l ostida himoyachi jamoa sardori bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Koudi "Vulverxempton"ga 2015 yilda "Xaddersfild"dan deyarli uch million evro evaziga o'tgandi. U o'tgan mavsum 37ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar