“Tottenxem” vanihoyat yangi o'yinchi sotib olishga yaqin
14 may 2019 08:43
Yangiliklar


“Tottenxem” vanihoyat yangi o'yinchi sotib olishga yaqin
“SHporlar” so'nggi ikkita transferlar vaqtida birorta ham o'yinchi sotib olmagandi.
Endi esa “Tottenxem” tarkibni kuchaytirish uchun ishlarni boshlab yubordi. Qayd etilishicha, “Fulxem” azosi Rayan Sessenon faoliyatini katta ehtimol bilan London klubida davom ettiradi. Uning transferi “shporlar”ga 25 mln funt sterlingga tushishi kutilmoqda. London klubi rahbariyati transferlar orqali jamoa bosh murabbiyi Pochettinoni klubda saqlab qolishiga ishonmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar