“Tottenxem” va MYUdan keyin APLning yana bir klubi koronavirus tufayli mashg'ulotlarni to'xtatdi
13 dek 2021 09:25
Yangiliklar
“Tottenxem” va MYUdan keyin APLning yana bir klubi koronavirus tufayli mashg'ulotlarni to'xtatdi
APL 17-turi doirasida seshanba kuni o'tadigan “Manchester Yunayted” – “Brentford” uchrashuvi o'tkazilmasligi mumkin.
Bunga mezbon jamoa azolarining koronavirusga topshirgan testlari ijobiy chiqqani sabab bo'lgan.
“Qizil iblislar” ustozi Ralf Rangnik shu tufayli jamoaviy mashg'ulotlarni o'z vaqtida o'tkaza olmadi. COVID-19 bilan kasallanganlarga uyga javob berilgan.
SHu kabi holat “Aston Villa” bilan ham yuz berdi. Klub bugungi mashg'ulotlarni bekor qildi.
Avvalroq, “Tottenxem”da koronavirus bilan bog'liq holatlar ko'paygani tufayli jamoaning 12 dekabr kunga belgilangan “Brayton”ga qarshi bahsi, shuningdek, Konferenciyalar Ligasi doirasidagi “Renn” bilan o'yini bekor qilingandi.
Fikrlar