"Tottenxem" va "Lester" braziliyalik himoyachi uchun kurashyapti
07 mar 2021 01:24
Yangiliklar


"Tottenxem" va "Lester" braziliyalik himoyachi uchun kurashyapti
"Roma" markaziy himoyachisi Rojer Ibanes ingliz klublari etiborini o'ziga qaratdi, deb xabar berdi Calciomercato.
Nashrning yozishicha, "Tottenxem" va "Lester" 22 yoshli futbolchini nishonga olgan.
Takidlash joizki, braziliyalik o'yinchi yaqinda "bo'rilar" bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirgandi.
Ibanes ushbu mavsumda "Roma" tarkibida 26 ta o'yin o'tkazgan va 1 ta gol urgan. Uning transfer narxi 20 million evroga teng.
O’xshash yangiliklar
12:17
"Tottenxem" media olami vakillaridan ularni "Tottenxem Xotspur" yoki "shporlar" deb atashini so'radi 3

Fikrlar