"Tottenxem" Seferovich bilan shartnoma imzolashi mumkin
06 iyu 2021 10:38
Yangiliklar
"Tottenxem" Seferovich bilan shartnoma imzolashi mumkin
"Tottenxem" "Benfika" hujumchisi Xaris Seferovichni xarid qilishi mumkin.
"SHporlar" yangi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Sante hujum chizig'ini kuchaytirish uchun izlanishda va 29 yoshli shveycariyalik varianti jamoaga mos keladi deb hisoblamoqda.
"Benfika" esa futbolchini yozgi transfer oynasida sotib yuborishga tayyor.
Seferovich 2020/21 yilgi mavsum "Benfika" tarkibida 48ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Forvard shuningdek Evro-2020da 5ta o'yinda 3ta gol urishga erishdi.
Fikrlar