"Tottenxem" Lorisning o'rniga boshqa darvozabon topib qo'ydi
09 fev 2023 23:32
Yangiliklar


"Tottenxem" Lorisning o'rniga boshqa darvozabon topib qo'ydi
"Tottenxem" uzoq yillik jamoa sardori hamda darvozaboni Ugo Loris to'pig'idan jarohat olgan.
SHu sababli Antonio Konte franciyalikning xizmatlaridan foydalana olmasligi mumkin. Posbon hozirda 8 haftani o'tkazib yuborishi aytilmoqda. SHu sabab klub uning o'rniga Freyzer Forsterni tarkibga olib kelmoqchi. Undan tashqari klub yana bir darvozabon bilan shartnoma imzolash variantlarini ko'rib chiqmoqda.
SHort-listdan Ben Foster o'rin olgan. Angliyalik darvozabon o'z vatanida "Uotford", "Manchester Yunayted", "Vest Bromvich" va "Stok Siti" kabi jamoalar darvozasini qo'riqladi. Umumiy hisobda APLda 390 o'yinda ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 25
12:17
"Tottenxem" media olami vakillaridan ularni "Tottenxem Xotspur" yoki "shporlar" deb atashini so'radi 5

Fikrlar