"Tottenxem" Korrea uchun "Arsenal" bilan kurashadi
19 iyu 2021 13:30
Yangiliklar
"Tottenxem" Korrea uchun "Arsenal" bilan kurashadi
"Lacio" hujumchisi Xoakin Korrea Angliya chempionatiga yo'l olishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "Tottenxem" argentinalik uchun "Arsenal" bilan kurashadi.
Oldin "Yuventus"da ishlagan klubning yangi sport direktori Fabio Paratichi o'tgan mavsum o'yinchiga qiziqish bildirgandi.
Rim klubi 26 yoshli futbolchini 40-45 million evroga baholamoqda.
Korrea o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar